Breaking News

Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan


Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan
Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan

Suriya davlat televideniyesiga ko’ra, armiya shimoldagi Jisr al-Shugur shahrida qurollangan guruhlar bilan olishmoqda.

O’tgan hafta bu yerda 120 askar va politsiyachi o’ldirilgani - “jinoiy to’dalar”ning ishi, deyiladi xabarda. Tartibni tiklash uchun qo’shin yuborilgan.

Mahalliy faollarning aytishicha esa prezident Bashar al-Assadga sodiq kuchlar va namoyishchilarni o’qqa tutishdan bosh tortgan zobitlar o’rtasida nizo chiqib, yuzlab harbiy halok bo’lgan.

Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan
Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan

Turkiya bilan chegara yaqinida joylashgan Jisr al-Shugur shahrida qancha odam qolgani noma’lum. Boshpana izlab Turkiyaga qochgan suriyaliklar soni besh mingdan oshdi.

Chegaraning narigi tomonida barpo etilgan lagerlar to’lib bormoqda.

Qo’shma Shtatlar nazarida, Suriya hukumati xalq isyonini shafqatsiz bostirayotgani gumanitar inqirozga olib keldi.

Germaniya va AQSh Xalqaro Qizil Xoch va boshqa tashkilotlarni hududga kiritishni talab qilmoqda.

Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan
Armiya shimolda hujumga o'tdi, 5 ming suriyalik Turkiyaga qochgan

Kuni-kecha Suriyada armiya bilan to’qnashuvlarda halok bo’lgan 32 namoyishchi dafn etildi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Assad ma’muriyatini o’z fuqarolariga nistaban qirg’inda ayblasa-da, qanday chora ko’rish borasida yakdillik yo’q.

Deylik, Liviya misolida Arab Ligasi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat bilan chiqqan edi. Suriyani qoralovchi rezolyutsiya Rossiya va Xitoy qarshiligi tufayli ovozdan o’tmagan.

Huquq tashkilotlari hisobicha, g’alayonlarda mart oyidan beri 1,200 odamning yostig’i qurigan, 10 ming kishi qamoqda.

XS
SM
MD
LG