Bag’dodda arab davlatlari majlisi, Suriyada yana o’nlab odam o’lgan

  • Amerika Ovozi

Bugun Iroq poytaxti Bag’dodda o’tayotgan anjumanda arab davlatlari Kofi Annanning Suriya bo’yicha tinchlik rejasini muhokama qilayapti.

Bir yildan beri davom etayotgan zo’ravonlikka chek qo’yish, muxolifat nazoratidagi hududlardan harbiylarni olib chiqish va gumanitar ko’mak yetkazishni o’z ichiga olgan tashabbusni Suriya ma’qullagan, deydi Kofi Annan, BMT va Arab Ligasining masala bo’yicha maxsus vakili.

Ammo Suriya shaharlarida janglar to’xtagani yo’q. Bugun 15 kishi o’lgan.

“Prezident Bashar al-Assad tinchlik rejasiga amal qilayotganini ko’rmayapmiz”, - deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland. “Bosimni davom ettirish kerak”.

Anjuman o’tayotgan joy, Bag’dodning qattiq qo’riqlanadigan yashil zonasiga bugun raketa portlagan. O’lganlar haqida ma’lumot yo’q.

Yig’ilish yakunida qabul qilinishi kutilayotgan rezolyutsiya ham Suriya hukumati, ham muxolifatni tinchlik rejasini amalga tatbiq etishga chaqiradi. Ammo hujjatda prezident Assad hokimiyatni muoviniga topshirishi va muvaqqat hukumat tuzish kerakligi haqida hech narsa deyilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG