Breaking News

Suriyada portlash, AQSh elchixonasi yopilishi mumkin


Damashqda hukumatga qarshi namoyishga chiqqan mana bu qiz qo'lidagi plakatda shunday deyiladi: "Ket, biz o'qishga qaytishni xohlaymiz".
Damashqda hukumatga qarshi namoyishga chiqqan mana bu qiz qo'lidagi plakatda shunday deyiladi: "Ket, biz o'qishga qaytishni xohlaymiz".

Suriyaning Idlib viloyatida qamoqxona mashinasi bombaga uchrab, ichidagi barcha mahbuslar, 11 kishi, halok bo’lgan.

Bu borada ma’lumot Suriya Inson huquqlari kuzatuvi degan guruh tomonidan berilmoqda. Mamlakatga chet el axborot vositalari kitilmayotgani uchun bu xabarni tasdiqlashning iloji yo’q.

Shunisi ma’lumki, Suriya bo’ylab hukumatga qarshi namoyishlar tinmagan. Kechagi chiqishlarda o’nlab fuqaro qurolli kuchli o’qidan o’lgan.

Damashq
Damashq

BMT hisobicha, 2011-yilning mart oyida boshlangan qo’zg’olon va shu kungacha davom etayotgan namoyishlarda 5400 insonning yostig’i quridi.

Tashkilot Bosh kotibi Pan Gi Mun fikricha prezident Bashar al-Assad o’z xalqini qirishni bas qilib, lavozimni bo’shatishi kerak. Suriya undan to’ygani butun bashariyatga ma’lum, deydi u.

Amerika Damashqdagi elchixonasi xavfsizligini ta'minlash uchun Suriya hukumatidan konkret choralar ko'rishni talab qilmoqda. Aks holda, diplomatik vakolatxona yopilishi mumkin.

Arab Ligasi Suriyadagi kuzatuvchilarini u yerda yana bir oyga qoldirish ustida o'ylamoqda. Inson huquqlari himoyachilar nazarida tashkilot vakillari ishni eplolmagan, ya'ni vaziyat yaxshilanishi uchun xizmat qilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG