Aleppo va Damashqda portlashlar

  • Amerika Ovozi

Damashq, 5-may 2012

Damashq, 5-may 2012

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriyada tomonlarni qurol tashlab, hujumlarni to’xtatishga undar ekan, bugun shimoliy shahar Aleppoda bomba portlab, besh kishi halok bo’lgan.

Poytaxt Damashqning ikki joyida ham shunday xurujlar kuzatilgan. Politsiyachilar nishonga olingan. Jarohat olganlar bor, lekin hech kim o’lmagan.

Hukumat bu hujumlarda muxolif kuchlarni, prezident Bashar al-Assad so’zi bilan aytganda “terrorchilarni” ayblamoqda.

BMT kuzatuvchilari vaziyatni o’rganib, hukumat rozi bo’lgan sulh shartlariga qanday amal qilinayotganini tekshirishga harakat qilmoqda. Janglar tinmagan.

2011-yilning martida boshlangan qo’zg’olon va uni bostirish uchun ko’rilgan harbiy choralar oqibatida bugungacha 9000 dan oshiq odam o’ldi. Ulardan 2600 dan ziyodi askarlar. Minglab harbiylar qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketgan.

Idlib, Dar va Himsda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Bugungi portlashlardan keyingi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG