Suriya hukumati yangi maxsus elchi bilan ishlashga tayyor

  • Amerika Ovozi

Laxdar Brahimiy, BMT va Arab Ligasining Suriya bo'yicha yangi elchisi

Laxdar Brahimiy, BMT va Arab Ligasining Suriya bo'yicha yangi elchisi

Suriya davlat telekanalining yoritishicha, vitse-prezident Farrux al-Shara muxolifat tomonga o’tmagan. 73 yoshli arbob vatanga va davlat rahbariga sodiq, deyiladi bugungi xabarlarda.

Damashq BMT va Arab Ligasining maxsus elchisi lavozimiga tayinlangan Laxdar Brahimiy bilan ishlashga shay ekanini bildirmoqda.

Qo’shma Shtatlar ham keksa va tajribali diplomat bu vazifani o’z bo’yniga olganidan minnatdor.

"Tinchlik va xavfsizlik yo’lida uni quvvatlashga tayyormiz", - deydi Davlat kotibasi Xillari Klinton.

Xitoy rasmiylari ham Brahimiyni olqishlab, hamkorlik qilishga hozir ekanini ta’kidlamoqda.

Lekin BMT kuzatuvchilari Suriyani tark etmoqda. Xavfsizlik Kengashi ularning xizmat muddatini cho’zmaslikka qaror qildi. Missiya samara bermadi, deydi diplomatlar. Endi kengash u yerda siyosiy idora ochmoqchi.

Kecha Damashqda yana minglab odamlar ko’chaga chiqib, Bashar al-Assadning prezidentlikda ketishini talab qilgan.

Halab va Damashqning bir necha tumani urush maydoni. Davlat havo kuchlari isyonchilarni nishonga olishda davom etmoqda. O’nlab kishi halok bo’lgan.

“Amerika Ovozi” ning Suriyadagi muxbiri Skott Bobning xabar berishicha, Marea va Azaz singari kichik shaharlarda hukumat o’qidan o’lganlar asosan ayollar va bolalar.

Xavf va tahdidga qaramay kamerasini ko’tarib, manzarani ko’zdan kechirayotgan muxbirimiz hammayoq qonga belangan, ko’chalarda qon o’qmoqda, deya tasvirlaydi.
BMTning ogohlantirishicha, Suriyada hozir kamida 2,5 million yordamga muhtoj.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG