AQSh sobiq prezidenti Suriya anjumani natija berishiga ishonmaydi

  • Amerika Ovozi

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karterning aytishicha, 22-yanvarda Jenevada o’tishi rejalangan Suriya tinchlik anjumanidan foyda bo’lmaydi, chunki Suriya hukumati va muxolifati olg’a surgan talablar jarayonni muzlatib qo’yadi.

Karter o’z qarashlarini “Vashington Post” gazetasi sahifasida bildirdi.

Uning nazarida Suriyada saylovlarni xalqaro hamjamiyat nazorat etib, tinchlikparvar kuchlar himoya qilsagina, salkam uch yillik mojaroga barham berish mumkin bo’ladi.

"Saylovda g'olib chiqqan tomon barcha mazhab va etnik ozchilikdagi guruhlar huquqlarini kafolatlashi kerak", - deydi Karter.

Muxolifat tinchlik bo’lishi uchun prezident Bashar Assad hokimiyatdan ketishi kerak, deydi. Hukumat esa isyonchilardan qurollarini tashlashni talab qiladi.

BMT homiyligida o’tishi kutilayotgan anjumandan foyda bo’lishi uchun, deydi AQSh sobiq prezidenti, barcha tomonlar murosaga, yon berishga tayyor bo’lishi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG