BMT, AQSh va Rossiya Suriyadagi sulhning ijrosini nazorat qiladi

  • Amerika Ovozi

Hims, Suriya

Hims, Suriya

Suriyada hukumat va unga qarshi jang qilayotgan isyonchi guruhlar o’rtasida sulh kuchga kirishi bilan mamlakatda nisbatan osoyishtalik hukm surmoqda. Shunga qaramay, ba’zi joylarda havo hujumlari ortidan portlashlar eshitilgan.

BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Staffan de Mistura AQSh va Rossiya vositachiligida erishilgan sulh ish berayotganidan mamnun.

"BMT, AQSh va Rossiya sulhning buzilish holatlarini nazorat qilib boradi”, - dedi u.

Suriya aholisi so'nggi besh yilda ilk urushni bir zumga unutdi.

“Biz sulhni qo’llab-quvvatlaymiz. Suriya va mintaqada tinchlik tiklanishiga umid qilamiz”, - deydi Al-Qamishiy shahridan Yoshur Hasan ismli fuqaro.

Sulh "Islomiy davlat" va Jabhat al-Nusra terrorchi guruhlariga nisbatan qo'llanmaydi. Suriya muxolifati qoshidagi Oliy muzokara qo'mitasiga ko'ra, Suriyadagi fuqarolar urushida qatnashayotgan 97 ta guruh harbiy harakatlarni to'xtatishga so'z bergan.

De Mistura sulh 7-mart kuni Jenevada o'tishi rejalangan tinchlik muzokaralariga qadar amal qilishiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG