Breaking News

G’arb rasmiylari: Suriya hukumati kimyoviy qurol qo’llagani haqida dalillar bor


Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameronning aytishicha, Suriya hukumati isyonchilarga qarshi kimyoviy qurol qo’llaganini isbotlovchi dalillar bor.

AQSh razvedkasi ham kecha shunday bayonot bilan chiqqan edi.

Kameron nazarida Bashar al-Assad armiyasi harbiy jinoyatga qo’l urmoqda va xalqaro hamjamiyat nihoyat qat’iy chora ko’rishi shart.

Oq uyning kecha maxfiy xizmatga tayanib aytishicha, Assadni ag’darishga urinayotgan kuchlarga qarshi zaharli sarin gazi ishlatilgani haqida ma’lumot bor.

Amerikada ayrim qonunchilar Oq uyni Suriyadagi urushga kirishga undab keladi. Ixtilof 2011-yilning martidan beri 70 ming odamni hayotdan olib ketgan.

Bugun poytaxt Damashqda qonli olishuvlar davom etayapti. Britaniyada asoslangan huquq tashkilotining bildirishicha, kechagi to’qnashuvlar kamida 130 odamni hayotdan olib ketgan.

Guruh barcha ma’lumotni Suriyada jang qilayotgan isyonchilar va faollardan oladi.

Prezident Barak Obama avvalroq Assad hukumati kimyoviy qurolni ishga solgan taqdirda Vashingtonning aralashmaslik pozitsiyasi o’zgaradi, degan edi.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameronning aytishicha, gap harbiy emas, siyosiy javob haqida ketmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG