Suriya kimyoviy qurolini qayerda yo'q qilish muhokamada

  • Amerika Ovozi

Albaniyada xalqaro hamjamiyat taklifiga qarshi namoyishlar o'tmoqda.

Albaniyada xalqaro hamjamiyat taklifiga qarshi namoyishlar o'tmoqda.

Kimyoviy qurollarni yo’q qiluvchi xalqaro guruh bugun Gaagada majlis qilib, Suriyaning ommaviy qirg’in quroli zaxirasidan qanday qilib va qayerda qutulish haqida gaplashadi.

Ekspertlarning aytishicha, eng ma’qul usul – qurollarni avval urushga botgan mamlakatdan olib chiqib, boshqa bir yerda yo’q qilish.

Lekin bu jarayonni o’z hududida o’tkazishga rozi davlat hali topilganicha yo’q. Ayrimlar Albaniyani tilga olgan edi, biroq bu yurt rasmiylari taklifni rad etgan.

Kecha Norvegiya Suriyaga kema jo’natib, qurollarni ko’chirishga yordamlashishni taklif qilib chiqqan. Sal avval Qo’shma Shtatlar Novergiyadan bu aslahani o’z hududida yo’q qilishni so’ragan, Oslo rad javobini bergan edi.

Mamlakatda shu yilning avgustida kimyoviy qurol qo’llanib, yuzlab odamlar halok bo’lgan edi.

Ketidan Suriya kelasi yilning o’rtalarigacha bu xildagi qurol-yarog’idan, xususan, zarin va boshqa zaxarli gazidan qutulishga va’da bergan. Shu paytgacha rasmiy Damashq rejaga amal qilib kelayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG