Breaking News

Suriya kimyoviy qurolining qolgani xavfli manzilda


Hims, Suriya
Hims, Suriya

Bu modda Damashqdan sal uzoqda, isyonchilar qo’lidagi manzilda. U yerga yetaklovchi yo’llar yomon ahvolda, deydi BMT mulozimi.

Suriyada kimyoviy qurollarni yo’q qilish jarayonini kuzatayotgan BMT idorasi rahbarining aytishicha, mamlakat qolayotgan xavfli modda borish qiyin, xavfli manzilda.

Sidrig Kaag Xavfsizlik Kengashida yopiq eshiklar ortida o’tgan muloqotdan keyin jurnalistlar bilan uchrashar ekan, 16 barrel kimyoviy modda olib chiqilsa bo’ldi, dedi.

Shuning bilan Suriyadagi ommaviy qirg’in mahsuloti yo’q qilingan bo’ladi.

Biroq bu modda Damashqdan sal uzoqda, isyonchilar qo’lidagi manzilda. U yerga yetaklovchi yo’llar yomon ahvolda.

"Odamlarning xavfsizligi bir masala, kimyoviy moddani ko’chirish yana bir masala”, - deydi BMT rasmiysi.

Tugal muhlat, 30-iyunga qadar Suriya bu zaxiradan butunlay qutulib ulgurishi kerak.
Kimyoviy qurollar - Chemical weapons
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG