Breaking News

Suriyada qonli mojaro nima bilan tugaydi?


Suriya masalasi - US/Syria
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Suriya masalasi - US/Syria

Qo’shma Shtatlar Suriyaning kimyoviy qurollarini yo’q qilishga doir choralar samara berayotganidan mamnun. Biroq bu mamlakatda fuqaro urushi davom etmoqda.
Suriyada qonli mojaro nima bilan tugaydi?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00
Yuklab oling

Hozirgacha yuzlab ming odamning yostig’i quridi. Qonli mojaro nima bilan tugaydi? Prezident Bashar al-Assad hokimiyatda qoladimi?

Suriya hukumati ommaviy qirg’in qurollarini yo’q qilishga doir olgan barcha majburiyatlarini o’z vaqtida bajarib kelmoqda. AQSh Senatining Tashqi aloqalar qo’mitasiga hisobot berar ekan, davlat kotibi o’rinbosari Tomas Kantrimen bu jarayon bundan keyin ham silliq kechishini bashorat qildi.

“Suriyani kimyoviy qurollardan batamom tozalash ishlari jadval bo’yicha ketyapti. Ishonchim komil, kelasi yil iyun oyigacha tugatiladi”, - deydi u.

Sabab oddiy, deydi diplomat:

“Qarshilik yo’q. Rossiya, Suriya hukumati va muxolifati, Qo’shma Shtatlar va butun dunyo bu qurollardan tezroq qutulishga xayrixoh”.

Senat qo’mitasi rahbari Robert Menendez bu jarayonga turtki bergan rezolyutsiyani yodga oldi. Yoz oxirida poytaxt Damashq yaqinida minglab odam zaharlangan, AQSh Assad ma’muriyatini jazolashga shay turgan edi. Hukumat kimyoviy qurollarni yo’q qilishga ko’ndi, lekin Suriyaning kelajagi mavhum.

“Suriya, region va butun dunyo uchun muhim masala bu. Aniq strategiya ishlab chiqishimiz kerak. Eng muhim savol: Ertaga nima bo’ladi?”, - deydi senator.

Boshqa qonunchilarga ko’ra esa AQSh bosh maqsaddan chalg’idi. Qo’nxo’r rahbar Bashar al-Assad rejimini tugatish vazifasiga nima bo’ldi, deb so’raydi respublikachi Bob Korker:

“Kimyoviy qurollar haqida gapiradigan bo’lsak, to’g’ri, bu ish ko’ngildagidek bo’layapti. Lekin Amerika Yaqin Sharqda o’z obro’siga putur yetkazdi. Haqiqatni tan olish kerak. Suriyaga nisbatan real strategiya mavjud emas. Vaziyatdan chiqib olishga harakat qilyapmiz xolos. Assadning esa o’ziga ishonchi oshyapti”.

Vashingtonning Suriyadagi elchisi Robert Ford bunga javoban deydiki, AQSh Suriya muxolifatiga hamda urushdan qattiq jabr ko’rgan aholiga madadni oshirgan.

“Bu muammoni oxir-oqibat Suriya xalqining o’zi hal qilishi kerak. Bir stol atrofida o’tirib, muloqot orqali. Bu jarayon ertaroq boshlangani ma’qul. Biz hozircha oppozitsiyaga ko’maklashishda davom etamiz”, - deydi elchi.

Xalqaro vositachilar, ko’pni ko’rgan arboblar Suriya bo’yicha xalqaro anjuman o’tkazish harakatida. AQSh va Rossiya bu tashabbus boshida turibdi. Konferensiya qachon o’tadi, noma’lum.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG