Xitoy hukumati Ilhom To’xtini separatizmda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

45 yoshli professor sharhlari uchun avval bir necha bor hibsga olinib, tahqirlangan.

45 yoshli professor sharhlari uchun avval bir necha bor hibsga olinib, tahqirlangan.

Surgundagi uyg’ur guruhi nazarida ziyoli olim, professor Ilhom To’xtiga qarshi jinoiy ayblovlar mutlaqo o’rinsiz. Bu bosim ozchilik elatni himoya qilayotgan boshqa insonlarni qo’rqitishga va sarosimaga tushirishga qaratilgan.

Olti hafta oldin Pekindagi uyidan biror izohsiz olib ketilgan professor To’xtiga shu hafta separatizm aybi qo’yildi.

Olim poytaxtdagi Markaziy universitetda iqtisodiyotdan dars beradi. U Xitoyning uyg’ur aholiga qarshi muomalasi haqida ochiq gapirishdan cho’chimagan, deydi faollar.

Jahon uyg’urlari kongressidan To’lqin Isaning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, professor hech vaqt separatizm bilan shug’ullangan emas. Lekin Shinjon-uyg’ur muxtoriyatidagi beqaror vaziyatga yechim topish ustida qayg’urgan.

Xitoy hukumati Ilhom To’xtiga rahmat aytishi kerak, deb hisoblaydi To’lqin Isa. Chunki muallim elatlarlar o’rtasidagi ixtilofni hal qilish yo’llari haqida hukumatga maslahat berib kelgan, deydi Jahon uyg’urlari kongressi rasmiysi.

45 yoshli professor sharhlari uchun avval bir necha bor hibsga olinib, tahqirlangan. Ilhom To’xtining o’tgan yil noyabrida “Amerika Ovozi”ga bildirishicha, politsiya uning mashinasini tintuv qilgan, telefonini tortib olgan va ko’p gapirsa o’ldirib ketishlarini aytib do’q qilgan.

Hozirgi ayblovlar ketidan uyg’ur ziyolisi 10 yilgacha qamalishi mumkin.

Xitoy hukumati esa taqiqlangan Sharqiy Turkiston islomiy harakatiga aloqador uyg’ur terrorchilariga qarshi olishayotganini da’vo qiladi.



  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG