Xitoy, AQSh Suriya yuzasidan achchiq so'zlar almashmoqda

  • Amerika Ovozi

Amerika Suriyadagi vaziyat chigallashib, qonli urush davom etayotganida Xitoy va Rossiyani ayblar ekan, Pekinda rasmiylar Vashington pozitsiyasini qoralamoqda.



Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Liu Veymin deydiki, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning so’zlari asossiz.

Klinton fikricha Rossiya va Xitoy Bashar al-Assadni quvvatlab, mojarolarning avj olishi uchun hissa qo’shmoqda. Assad o’z xalqining qotili, deydi Amerika bosh diplomati.

“Xitoy Suriyada tinchlik va totuvlik tarafdori”, - deydi Liu Veymin.

Hukumat kuchlari va muxolif guruhlar orasidagi janglarni qanday to’xtatish yuzasidan xalqaro hamjamiyat bir fikrda emas.

AQSh, Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi nazarida Bashar al-Assad hokimiyatgdan ketishi kerak va yangi saylovlar natijasida yangi rahbar kelishi zarur. Rossiya va Xitoy esa bu Suriyaning ichki ishi deydi.

2011-yilning mart oyida hukumatga qarshi boshlangan qo'zg'olon qonli tus olib, bugungacha 11 mingdan oshiq odam o'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG