Xitoy Suriya ahlini tinchlikka undamoqda, Damashqda fuqarolar o'qqa olingan

  • Amerika Ovozi

Suriya rahbari Bashar al-Assad Xitoy Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Jay Tsun bilan, Damashq, 18-fevral 2012

Suriya rahbari Bashar al-Assad Xitoy Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Jay Tsun bilan, Damashq, 18-fevral 2012

Suriyada barcha tomonlar zo’ravonlikni to’xtatib, murosa haqida o’ylasin, deydi Xitoy Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Jay Tsun. U bugun Damashqda prezident Bashar al-Assad bilan uchrashgan. Hukumat, muxolifat va boshqa qurolli to’dalar, hamma qon to’kishni bas qilsin, deydi Xitoy diplomati.

Pekin nazarida Suriyada yangi konsitutsiya yuzasidan o’tadigan referendum va parlament saylovlari tinchlik yo’lida xizmat qiladi.

Xitoy, Rossiya singari, Suriyada hukumatning xalq qo’zg’olonini kuch bilan bostirish harakatini qoralamayapti. Bu ichki masala, deydi rasmiylar, zo’ravonlik qilayotgan faqat armiya emas, terror guruhlari hamdir.

BMT Bosh Assambleyasi esa bu hafta maxsus rezolyutsiya chiqarib, Bashar al-Assaddan fuqarolarni o’qqa tutmaslikni talab qilgan edi.

Xitoy Suriya ahlini tinchlikka undamoqda, Damashqda fuqarolar o'qqa olingan

Xitoy Suriya ahlini tinchlikka undamoqda, Damashqda fuqarolar o'qqa olingan

Inson huquqlari tashkilotlari hisobicha, 2011-yilning mart oyidan beri Suriyadagi g’alayonlarda 7000 dan oshiq odam o’ldi, asosan armiya o’qi bilan. O’lganlar orasida bolalar yuzlab sonni tashkil etadi.

G’arb davlatlari, shuningdek BMT va Arab Ligasi nazarida Bashar al-Assad o’z xalqining qotili va hokimiyatni bo’shatishi kerak. Lekin Suriya rahbari unga qarshi qo'zg’olonni jinoyatchi va terrorchi kuchlar ishi deb biladi.

Xitoy Suriya ahlini tinchlikka undamoqda, Damashqda fuqarolar o'qqa olingan

Xitoy Suriya ahlini tinchlikka undamoqda, Damashqda fuqarolar o'qqa olingan

Bugun Damashqda dafn marosimi paytida xavfsizlik kuchlari odamlarni yana o’qqa tutdi, deydi guvohlar. Marosimda minglab kishi qatnashayotgan bo’lgan va hukumat nazarida aslida ular namoyishga chiqqan. Kamida uch kishi o’lgani haqida xabarlar bor.

Suriya chet el axborot vositalari uchun yopiq, shu bois ma’lumotlarni tasdiqlashning iloji yo’q. Vaziyat shu qadar og’irki, hatto BMT halok bo’lganlar sonini hisoblashni to’xtatgan. Hims va Idlibda qurolli kuchlar muxolifatga qarshi harakatlarni davom ettirmoqda. Hims shahri yer bilan yakson bo’ldi, deydi “Amerika Ovozi” bilan telefonda gaplashgan fuqarolar. O’lganlar balki yuzlab sonni tashkil etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG