Eronning Suriya tinchlik anjumanidagi ishtiroki savol ostida

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri (markazda), Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (o'ngda) va BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy Suriya tinchlik anjumani xususida gaplashmoqda, Parij, Fransiya, 13-yanvar, 2014-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri (markazda), Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (o'ngda) va BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy Suriya tinchlik anjumani xususida gaplashmoqda, Parij, Fransiya, 13-yanvar, 2014-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy bugun Parijda uchrashib, Suriya kelajagi xususida fikr almashdi.

Tomonlar asirlarni ayirboshlash va muhtojlarga gumanitar yordam yetkazishdagi muammolarni bartaraf etish haqida gaplashgan.

Yana bir masala shuki, tadbirga Eronni ham taklif etish. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va Rossiya buning tarafdori, ammo AQSh shart qo'ymoqda. Kerrining aytishicha, Suriya rejimiga ittifoqdosh Tehron prezident Bashar Assadning hokimiyatni topshirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga rozi bo'lishi kerak.

Braximiy nazarida Eron mintaqadagi muhim davlat bo'lib, uning ishtiroki muzokaralarda qo'l keladi. Suriya hukumati ham Eronning muloqotda qatnashishini istaydi.

Kerri kelasi hafta Jenevada rejalangan Suriya tinchlik anjumanida ana shu masalalarga yechim topiladi hamda hukumat va muxolifat sulhga kelishadi degan umidda.

Kerrining aytishicha, mamlakat kelajagini Suriya xalqining o’zi belgilashi lozim.

22-yanvarda boshlanadigan va Jeneva-2 nomini olgan anjumanda muvaqqat hukumat tuzish rejasi ham muhokama qilinadi. Assad hukumati vakillari tadbirda ishtirok etishga rozi, muxolifat esa qarorini hafta oxirigacha bildirishini ma’lum qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG