Breaking News

Suriya bo'yicha tinchlik anjumani 22-yanvar kuni Jenevada o'tadi


Suriya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Fayzal Maqdad Moskvada, 18-noyabr, 2013-yil
Suriya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Fayzal Maqdad Moskvada, 18-noyabr, 2013-yil
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, Suriya bo’yicha tinchlik anjumani 22-yanvar kuni Jenevada bo’lib o’tadi. Bosh kotib Pan Gi Mun Suriya hukumati va muxolifati anjumanda qatnasha oladi, deya umid qilmoqda.

"Bu imkoniyatdan to’liq foydalanish lozim", - deydi BMT rahbari.

Suriya 2011-yil martidan beri beqaror ekan, mojaroda 120 mingdan ziyod odamning nobud bo’lgani aytilmoqda. Jenevada tomonlar mamlakat siyosiy kelajagi va boshqaruvi xususida muzokara qiladi.

Anjumanda aynan kimlarning ishtirok etishi hozircha aytilmayapti. AQSh va Rossiya BMT ishtirokida bir necha oydan beri tadbirni tashkillashtirishga harakat qilib keladi.

Muxolifat Suriya prezidenti Bashar Assad avval hokimiyatdan ketsin, deb shart qo'yib kelayotgan edi, hukumat esa bunday shart qo'yilsa, muzokarada qatnashmaymiz, degan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG