Damashqni yana portlashlar titratdi, 50 dan ziyod odam o’ldi

  • Amerika Ovozi

Poytaxtning al-Qazaz tumanida ikki mashina portladi, 10-may, 2012-yil

Poytaxtning al-Qazaz tumanida ikki mashina portladi, 10-may, 2012-yil

Suriya davlat matbuotining yoritishicha, bugun poytaxt Damashqda ikki portlash 55 dan ziyod fuqaroni hayotdan olib ketgan.

Xuruj xavfsizlik xizmati idorasi yaqinida, odamlar ishga ketayotgan payt sodir etildi va 370 kishi jarohatlandi, deydi rasmiylar voqeada terrorchilarni ayblar ekan. Ikki shaxs o’zini portlatgani ma’lum.

Televideniyeda kuyib kul bo’lgan mashinalar va jasadlar ko’rsatilmoqda. Muxolif Suriya Milliy Kengashi esa portlashlarni hukumatning ishi deb hisoblaydi.

Qonli kun:

Hafta boshida beqaror Dar’o shahri yaqinida BMT kuzatuvchilarini qo’riqlab ketayotgan askarlar hujumga uchrab, 10 nafari yaralangan edi. BMT tinchlikparvar missiyasi yetakchisi, norvegiyalik general Robert Mud portlash ro’y bergan joyni ko’zdan kechirib, zo’ravonlikni qoraladi va hukumat hamda isyonchilarni bosiqlikka undadi.

“Dahshatli qon to’kilishlari. Suriya xalqi bunday jabr, zulmga munosib emas”, - dedi general Mud.

BMT kuzatuvchilari Suriyani kezib, aprelda e’lon qilingan sulh ijrosini ta’minlashga urinib keladi. Biroq armiya va muxolifat bitimga to’liq amal qilmayapti.

Xalqaro hisob-kitoblarga qaraganda, bir yil oldin boshlangan qo’zg’olon va zo’ravonliklar 9000 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan. Prezident Bashar al-Assad ma’muriyati nazarida to’polon ajnabiy kuchlar va terrorchilarning fitnasi.

Turkiyada jon saqlayotgan suriyalik qochqinlar (Amerika Ovozi Turk xizmati jamoatchi hamkori Hilmi Hacaloğlu olgan suratlar):

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG