Venada Suriya bo'yicha muloqot

  • Amerika Ovozi

Vena, 29-oktabr, 2015

Vena, 29-oktabr, 2015

Bugun Venada Suriya bo'yicha xalqaro muzokarada so'zlagan AQSh Davlat kotibi Jon Kerriga ko'ra, bu - 4,5 yillik mojaroga chek qo'yish maqsadida strategiya ishlab chiqish uchun yaxshi imkoniyat.

Muloqotda AQSh, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Turkiya rasmiylari qatnashmoqda. Juma kuni esa davra Eron tashqi ishlar vaziri hisobiga kengayadi. Tehron ilk bor bunday muloqotda qatnashmoqda.

Amerikadagi ayrim qonunchilar muloqotdan foyda bo'lmaydi degan fikrda. Ular nazarida AQSh va Rossiyaning qarama-qarshi yondashuvi bunga sabab. Qo'shma Shtatlar Suriya Prezidenti Bashar Assadning hokimiyatdan ketishini talab qilib keladi, Rossiya esa kuchli markaziy hukumatsiz terrorizmni yengib bo'lmaydi, deya Assadning ketishiga qarshi chiqmoqda.

Kerri bugun Eron va Rossiya tashqi ishlar vazirlari bilan alohida uchrashmoqda.

Muloqotga Suriya hukumati va unga qarshi kurashayotgan guruhlar vakillari taklif etilmagan.

AQSh rasmiylaridan biriga ko'ra, Kerri Rossiya va Eron vazirlariga Assadni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni va yangi odamni bo'lajak rahbar sifatida qabul qilishni so'raydi.

Rossiya Suriyaning mo'tadil muxolifati bilan muloqotga tayyor ekanini, ular bilan aloqa o'rnatilayotganini bildirgan.

Kerriga ko'ra, AQSh "Islomiy davlat"ga qarshi jang qilayotgan isyonchilarni qurol-yarog' bilan ta'minlashda, islomiy jangarilarni havodan nishonga olishda davom etadi.

Venadan Kerri Markaziy Osiyoga yo'l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG