Mursiy Assadni tarixdan saboq olishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Misr prezidenti Muhammad Mursiy

Misr prezidenti Muhammad Mursiy

Misr prezidenti Muhammad Mursiyning aytishicha, Suriya rahbari Bashar al-Assad yaqin o’tmishdan saboq olib, kech bo’lmasidan hokimiyatdan ketishi lozim.

Mursiy bu haqda bugun Qohirada Arab Ligasi majlisida so’zlagan.

"Suriya mojarosini hal etish arab davlatlari zimmasida", - dedi u.

Uning aytishicha, Suriyada o’zgarishlar vaqti keldi; Assad islohotlar haqida gapirib, vaqt zoye ketmoqda.

Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron va Misr rahbarlari Suriyadagi vaziyatni alohida muhokama etishni rejalagan.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an xalqaro hamjamiyat masala bo’yicha bir fikrga kelmaganidan hafsalasi pir ekanini aytgan. Erdog’an Anqarada o’z partiyasi majlisida so’zlar ekan, Suriyadagi voqealarga befarq bo’la olmaymiz, degan.

Bu o’rtada Suriya armiyasi Halab shahrida kamida 19 odam, jumladan yetti bolani o’ldirgani ma’lum bo’ldi. Boshqa manbalarga ko’ra, qurbonlar soni 43 ga yetgan. Mamlakatda xalqaro jurnalistlar faoliyati cheklangani bois bu ma’lumotlarni tasdiqlash imkoni yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG