Suriya muxolifati parlament saylovlarini boykot qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Suriyada parlament saylovlari, 7-may, 2012-yil

Suriyada parlament saylovlari, 7-may, 2012-yil

Bugun Suriyada parlament saylovlari. Faollarning aytishicha, hukumatga qarshi isyon ko'targan shahar va qishloqlarda aholi saylovlarni boykot qilmoqda. Asosiy muxolif guruhlar nazarida jarayon xo'jako'rsinga o'tkazilmoqda.

Ularning aytishicha, prezident Bashar al-Assad hokimiyatdan ketmaguncha, odil saylovlar bo'lishi mumkin emas. Hamo va boshqa joylarda bugun ko'chalarda odamlar ko'rinmagan, do'konlar yopiq.

Parlamentdagi 250 o'rin uchun 7000 dan ziyod nomzod kurashmoqda. Hukmron Baas partiyasidan tashqari yana yetti yangi partiya saylovlarda qatnashayotgani aytiladi.

Fevral oyida referendum orqali yangi konstitutsiya qabul qilinib, muxolif partiyalarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilgan edi. Biroq muxolif Milliy kengashning ta'kidlashicha, ularning barchasi qo'g'irchoq partiyalar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG