Fransiya Suriyada "Islomiy davlat"ni bombardimon qiladi

  • Amerika Ovozi

Fransiya Prezidenti Fransua Olland fransuz samolyotlari Suriyada "Islomiy davlat" jangarilarining manzillarini bombardimon qila boshlashini e'lon qildi.

Fransiya Prezidenti Fransua Olland fransuz samolyotlari Suriyada "Islomiy davlat" jangarilarining manzillarini bombardimon qila boshlashini e'lon qildi.

Fransiya Prezidenti Fransua Olland fransuz samolyotlari Suriyada "Islomiy davlat" jangarilarining manzillarini bombardimon qila boshlashini e'lon qildi. Hozirgacha Fransiya bu davlatda faqat razvedka ma'lumotini to'plashda qatnashayotgan edi.

Parij bir yildirki, Iroqda AQSh boshchiligidagi koalitsiya safida harbiy havo hujumlarida ishtirok etadi. Prezident Olland o'tgan haftada harbiy amaliyotni kengaytirishga qaror qildi. Jangarilar Fransiyaga ham tahdid solayotgani haqida dalillar bor va bu zarur chora, dedi prezident.

Shu paytga qadar, Fransiya Iroqda ham jangarilar manzillarini bombardimon qildi. Suriyada ham havo hujumlariga qo'shilsak, Prezident Assadning pozitsiyasi kuchayadi degan xavotir bor edi. Lekin "Islomiy davlat" jangarilar Suriyada tobora yirik hududlarni qo'lga kiritgani sari, Fransiyaning qarashi o'zgardi.

Fransiyada o'tkazilgan so'rovlarga ko'ra, aholining 56 foizi Suriyada "Islomiy davlat" nomli jangarilarga qarshi choralarni yoqlamoqda. Lekin aksariyat aholi nazarida nizoni jangovar yo'l bilan hal qilib bo'lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG