Breaking News

Suriya Bashar al-Assadsiz ham tinchimaydi, deydi arab tahlilchi


Halab shahridagi universitet vayrona
Halab shahridagi universitet vayrona
Suriyada 2011-yilning mart oyida boshlangan qo’zg’olon tinmayotgan ekan, BMT hisobicha, bugungacha 60 mingdan ziyod odamning yostig’i quridi.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 19-yanvar, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:08 0:00
Yuklab oling

Hokimiyatdan ketmasligini aytib kelayotgan prezident Bashar al-Assad va uning armiyasi muxolif kuchlar bilan olishuvni davom ettirmoqda. Har ikki tomon qabih jinoyatlarda gumon qilinadi.

Kuzatuvchilar nazarida Assad prezidentlikdan ketsa ham vaziyat o’nglanmasligi mumkin. Qasos olish uchun, etnik alamdan chiqish uchun to’dama-to’da jinoyatlar avj olishi, mamlakatda tarqoqlik bugungi kundan ham kuchayishi mumkin, deydi tahlilchi Alia Brahimiy.

Haqiqatan Suriyada shia-sunniy, klanlar va oqimlar, siyosiy mafkuraviy jihatdan bo’lingan guruhlar, islomchilar va liberallar orasida tavofut yuqori nuqtaga chiqqan bir payt.

Brahimiy fikricha Eron Suriya shialarini quvvatlamoqda. Ular alaviy oqimiga kiradi. Alaviylar Livanda ham o’z homiylariga ega. Saudiya Arabistoni va Fors ko’rfazi davlatlari esa Suriyada davlat sunniylar qo’liga o’tishini istaydi va Eron ta’sirini pasaytirish payida.

G’arb esa Suriya liberal, demokratik muhitga aylanishini xohlaydi. Rossiyaga esa baribir, deydi Brahimiy, uning uchun ta’sir kuchini saqlab qolish eng muhimi. Kim hokimiyatga kelishidan qat’i nazar, Rossiyani uni bosim ostiga oladi, o’ziga og’dirishga urinadi, deydi arab tahlilchi.

Xo’sh, Suriyani qutqarish uchun nima qilish mumkin?

Agar Suriyada hukmron tuzum barbod bo’lsa, yangisini barpo etish albatta qiyin kechadi va ko’p qon to’kilishi muqarrar, deydi Kris Doyl, britaniyalik ekspert. Ammo vaqt boy berilmay xalqaro hamjamiyat bir yoqadan bosh chiqarib, muvaqqat hukumat tuzilishini quvvatlab yuborsa, o’tish davri ancha tinch kechishi mumkin. Hozirgi asosiy vazifa, deydi Kris Doyl, arab davlatlari, Amerika, Yevropa va Rossiya maqsad tinchlikni ta’minlash deb, birga chora ko’ra boshlashi.

Suriya esa ungacha arosatda yashayveradi, deydi kuzatuvchilar.
XS
SM
MD
LG