Suriya bo’yicha xalqaro muzokara kelasi hafta davom etadi

  • Amerika Ovozi

Braximiy, ayniqsa, odamlar och-naxor yashayotgan Hims shahriga hali yordam yetib bormaganidan afsusda, lekin muzokaralar endi boshlanganini unutmaylik, deydi.

Braximiy, ayniqsa, odamlar och-naxor yashayotgan Hims shahriga hali yordam yetib bormaganidan afsusda, lekin muzokaralar endi boshlanganini unutmaylik, deydi.

Jenevada Suriya muxolifati va hukumat o’rtasida muzokaralarning navbatdagi davrasi bugun tugaydi. Hal qiluvchi masalalarda kelishuvga erishilmadi.

Taraflar bir haftadan keyin yana ko’rishishi kutilayapti.

BMT va Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy muzokaralar endi boshlanganini aytib, kelasi muhokamalar sermahsul bo’lishidan umidvor.

Bashar al-Assad hukumati terrorizm muammosiga diqqatni qaratmoqchi. Rasmiylar kecha terrorchilar faoliyatini tugatish haqidagi rezolyutsiya bilan chiqqan.

Oppozitsiya bu hujjatni biryoqlama deb rad etadi va avval vaqtli hukumatni tuzish haqida gaplashish kerak, deydi. Hukumat nazarida muxolifat jangarilardan iborat bo’lgani uchun ham terrorizmga doir rezolyutsiyani inkor etayapti.

Suriyaning urushdan eng qattiq jabr ko’rgan hududlariga insonparvarlik yordami eltish haqida hali bir to’xtamga kelinmagan. Braximiy, ayniqsa, odamlar och-naxor yashayotgan Hims shahriga hali yordam yetib bormaganidan afsusda.

Amerikalik tahlilchi Stiven Zunsning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Suriya borasida jinday ijobiy yechimga erishilsa ham katta gap. Yechimning boshlanishi bu, deydi u.

Mojaro 2011 yilning martida tinch namoyishlar bilan boshlanib, tez orada urushga aylandi. BMTning hisobiga ko’ra, ixtilof 100 mingdan ziyod odamni o’ldirgan.



Suriya

Suriya



Shveysariyada Bashar al-Assad tarafdorlari namoyishi.

Shveysariyada Bashar al-Assad tarafdorlari namoyishi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG