Xalqaro hamjamiyat Suriya yuzasidan hamon bir fikrda emas

  • Amerika Ovozi

Jenevada yopiq eshiklar ortida xalqaro muzokara. Suriya taqdiri muhokamada. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi – AQSh, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Fransiya, shuningdek, arab davlatlari ishtirok etmoqda.



Bosh diplomatlar Suriya bo’yicha BMT va Arab Ligasi maxsus vakili Kofi Annan tuzgan reja yuzasidan fikr almashmoqda.

G’arb va Arab Ligasi nazarida Bashar al-Assad o’z xalqining qotili va prezidentlikdan ketishi kerak. Demokratik saylov o’tkazilib, yangi rahbar saylanishi kerak.

Lekin Rossiya va Xitoy bunday o’zgarishlarga qarshi. Ular ta’biricha, Suriyada hukumat bilan olishayotgan kuchlar qurolni tashlab, amaldagi rahbar bilan murosa qilishi lozim. Mamlakat taqdirini Suriya xalqining o’zi hal qilsin, deydi ular.

Kofi Annan vositachiligida imzolangan sulh ish bermadi. Tomonlar qurolni tashlamayapti. Hukumat kuchlari qozg’olon markazlarida namoyishchilarni nishonga olishda davom etmoqda. Muxolif kuchlar ham hujumlarga zo’r bermoqda. Qo’zg’olon 2011-yilning mart oyida boshlangan edi.

Annan Bashar al-Assad prezidentlikdan ketishi kerak deb ochiq aytmayapti. Birdamlikda yangi hukumat tuzish kerak, deydi xolos. Lekin buning uchun siyosiy iroda yetishmayapti, deydi diplomatlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG