Suriyada sulh haqida orzu puchga chiqishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Faollar armiya hujumi natijasida har kungi talofatlar oshib borayotganini aytadi

Faollar armiya hujumi natijasida har kungi talofatlar oshib borayotganini aytadi

Suriya rahbariyati shaharlardan qo’shinlarni olib chiqishdan oldin isyonchilar qurolini tashlashiga amin bo’lmoqchi.

BMT va Arab Ligasi elchisi Kofi Annan qurollangan terrorchi guruhlar zo’ravonlikdan yuz o’girganini tasdiqlovchi yozma kafillik bera olmadi, deydi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Jihod Makdissi. Shunday ekan, Annanning Suriya armiyasi qishloq, tumanlardan chiqadi, degan gaplari yanglish, deydi u.

Hukumat da'vosiga ko'ra, Suriyadagi g'alayon tobora diniy tus olib, al-Qoida kabi guruhlar fursatdan foydalanmoqda

Hukumat da'vosiga ko'ra, Suriyadagi g'alayon tobora diniy tus olib, al-Qoida kabi guruhlar fursatdan foydalanmoqda

Rasmiyning aytishicha, yanvar oyida Arab Ligasi kuzatuvchilari tashrifi munosabati bilan qo’shinlar ortga chekingan va bundan foydalangan isyonchilar puxta qurollanib, katta hududlarni egallab olgan. Bu hol takrorlanishiga yo’l qo’ymaymiz, deydi Suriya mutasaddilari.

BMT va Arab Ligasi taklifiga ko’ra, hukumat va muxolifat 10-aprelgacha sulh tuzishi kerak. Assad ma’muriyati 25-mart kuni rejaga ko’ngan edi. Faollarning aytishicha, armiya shimol va markaziy shaharlarni nishonga olishda davom etmoqda va bugunning o’zida bir necha kishi o’lgan.

Muxolifat nazoratida qolayotgan Idlib viloyati 10 kundan beri nishonda va shu paytgacha yuzlab odam o'lgan yoki jarohat olgan.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun juma kungi chiqishida Assad ma'muriyatini keskin tanqid qilib, zo'ravonlikda aybladi. Tashkilot hisob-kitobiga ko'ra, 13 oydan beri mamlakatda hukumatga qarshi namoyishlar, armiya bosimi va olishuvlar natijasida 9 mingdan oshiq fuqaro nobud bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG