Xalqaro insonparvarlik yordami Himsga yetib bordi

  • Amerika Ovozi

BMTning aytishicha, o’tgan yilning martida boshlangan isyon va olishuvlar 7500 odamni hayotdan olib ketgan

BMTning aytishicha, o’tgan yilning martida boshlangan isyon va olishuvlar 7500 odamni hayotdan olib ketgan

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasining bildirishicha, insonparvarlik yordami va dori-darmon Suriyaning Hims shahriga yetib borgan va olishuvlarda qattiq talofat ko’rgan Bobo Amir tumaniga bugun-erta jo’natiladi.

Hukumatga qarshi bosh ko’targan isyonchilar yashiringan bu hudud oylar davomida qamal holatida yashadi. Armiya siquvi ostida, ichimlik suvi, yegulik, dori va elektr ta’minoti uzilgani sababli, deydi faollar, muxolifat kecha tumanni tark etishga majbur bo’lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti olgan xabarlarga ko’ra, kecha Bobo Amirda 17 kishi qatl etilgan.

BMT Inson huquqlari komissari Rupert Kolvill Suriya hukumati va oppozitsiyani noqonuniy jazo, qiynoqlar va sudlashlardan tiyilishga undadi. Odamlar qo’rqinchli usullar bilan qatl etilayotgani haqida taxminlar bor, deydi u.

Himsdagi janglarda jarohat olgan ikki fransuz muxbiri vataniga yo’l olgan. Jurnalist Edit Buvye va fotograf Vilyam Daniels o’tgan hafta armiya o’q yog’dirayotgan payt yaralangan. Hujum paytida Fransiya va amerikalik ikki journalist halok bo’lgan edi.

AQSh va Britaniya ketidan Fransiya ham Suriyadagi elchixonasini yopishga qaror qilgan. Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron prezident Bashar al-Assad ma’muriyatini xalq isyonini qonli ravishda bostirgani uchun javobgarlikka tortish kerak, deydi. Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin Assad hukumati kelajagi haqida fikr berishdan bosh tortsa-da, Suriyada islohotlar amalga oshirishi lozim, deydi.

BMTning aytishicha, o’tgan yilning martida boshlangan isyon va olishuvlar 7500 odamni hayotdan olib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG