HRW Suriyani insoniyatga qarshi jinoyatda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Damashqda portlash, Suriya, 8-aprel, 2013-yil

Damashqda portlash, Suriya, 8-aprel, 2013-yil

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Suriyada tinch aholi ataylab hujumga olinayotganini bildirar ekan, xalqaro hamjamiyatdan hukumatga bosim qo’yishni so’ramoqda.

Guruh hisobotiga ko’ra, Halab, Idlib va Latakiya shaharlari avgustdan dekabr oyigacha 59 bor havo hujumlariga uchragan. Natijada uylar, novvoyxonalar, kasalxonalar vayron bo’lib, 152 odam o’lgan.

“Human Rights Watch” hukumatning bunday harakatlarini insoniyatga qarshi jinoyat deb belgilamoqda.

Havo hujumlarida, deyiladi hisobotda, kim oddiy fuqaroyu, kim isyonchi ekanini ajratib bo’lmaydi. Hamma birday nobud bo’ladi.

“Human Rights Watch”ning isyonchilar safiga qochib o’tgan to’rt pilot bergan ma’lumotga tayanib aytishicha, Suriya harbiy-havo kuchlarida shahar sharoitida nishonni aniq olishga imkon beruvchi texnologiya yo’q.

Guruh isyonchilarni hujum paytida ehtiyot bo’lishga, qismlarini aholi zich zonalarga yaqin manzillarga joylashtirmaslikka chaqirmoqda.

“Human Rights Watch”, shuningdek, davlatlar va kompaniyalarni Suriyaga qurol sotishni to’xtatishga da’vat etmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG