BMT inspektorlari Suriyada


BMT inspektorlari Suriyada, kimyoviy qurol ishga solingani haqidagi da'volarni tekshiradi, Damashq, 18-avgust, 2013-yil

BMT inspektorlari Suriyada, kimyoviy qurol ishga solingani haqidagi da'volarni tekshiradi, Damashq, 18-avgust, 2013-yil

BMT inspektorlari Suriyadagi fuqarolik urushi paytida kimyoviy qurol ishga solingani haqidagi da’volarni tekshirish uchun Damashqqa borgan.

20 kishidan iborat guruh ikki hafta davomida tergov olib boradi. Inspektorlar kimyoviy qurol ishga solinganmi, yo’qmi, shuni aniqlaydi. Uning kim tomonidan qo’llanganini tekshirish missiya vazifasiga kirmaydi.

Guruhga shvetsiyalik ekspert Ake Sellstrom boshchilik qilmoqda. BMT Suriyaga inspektorlarini yuborish harakatida aprel oyidan beri Damashq bilan muzokara olib borgan.

Xalqaro mutaxassislar, asosan, uch hududda ish olib boradi.
XS
SM
MD
LG