Breaking News

Suriyada Eron inqilobiy gvardiyasining qo'mondoni o'lgan


General Husayn Hamadoniy Halab viloyatida Suriya armiyasini mashqdan o'tkazib, maslahat berib kelayotgan edi. Eronning oliy harbiy bo'linmasi generali hafta boshida "Islomiy davlat" to'dasining hujumida nobud bo'lgan.
General Husayn Hamadoniy Halab viloyatida Suriya armiyasini mashqdan o'tkazib, maslahat berib kelayotgan edi. Eronning oliy harbiy bo'linmasi generali hafta boshida "Islomiy davlat" to'dasining hujumida nobud bo'lgan.

Suriyada Eron inqilobiy gvardiyasining qo'mondoni halok bo'lgan. Tehron buni tasdiqlamoqda. General Husayn Hamadoniy Halab viloyatida Suriya armiyasini mashqdan o'tkazib, maslahat berib kelayotgan edi. Eronning oliy harbiy bo'linmasi generali hafta boshida "Islomiy davlat" to'dasining hujumida nobud bo'lgan.

Shia Eron Suriyani qo'llab-quvvatlab keladi. Bashar al-Assad ma'muriyatini qurol aslaha va siyosiy madad bilan ta'minlaydi.

Bu orada, Suriyadagi urushga xalqaro qatnashchilar jalb etilishda davom etayapti. Bugun, juma kuni Fransiya "Islomiy davlat" jangarilari manzillarini bombardimon qilgan. Oxirgi ikki haftada amalga oshirilgan ikkinchi reyd bu. Raqqa shahrida jangarilarning mashq lagerini urdik, deydi Fransiya rasmiylari.

Fransiya Amerika yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning vakili va murosaga moyil isyonchi guruhlarga qurollar berib keladi.

Assadning asosiy ittifoqchilaridan Rossiya oxirgi kunlarda Damashqqa harbiy yordamni keskin oshirdi.

Fransiya mudofaa vazirligining tanqid qilishicha, Rossiya Suriyaga yog'dirayotgan raketalarning 80-90 foizi "Islomiy davlat" jangarilariga tushmayapti.

G'arbning e'tirozi shuki, Rossiya asosan Suriyadagi isyonchi guruhlarni bombardimon qilayapti. Bu guruhlar orasida Amerika va ittifoqchi davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan isyonchilar ham bor.

Shuningdek, Rossiya raketalari nishondan og'ayotgani haqida xavotirlar bor.

Amerika rasmiylarining aytishicha, Kaspiy dengizidan otilgan Rossiya raketalaridan to'rttasi Suriyaga yetmasdan Eronda qulagan. Moskva 26 ta raketa "Islomiy davlat" guruhining 11 manziliga otilganini, oddiy aholiga ziyon yetmaganini ta'kidlaydi. Rossiyaning ta'kidlashicha, raketalardan birortasi qulagan emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG