AQSh havo hujumlari Suriyada yuzlab odamni o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

Amerika qiruvchi samolyotlari Suriya shimolida

Amerika qiruvchi samolyotlari Suriya shimolida

Suriyadagi urush va talofatlarni boshidan kuzatib, bu borada hisobot berib kelayotgan inson huquqlari tashkilotiga ko'ra, Amerika sentabr oyida bu mamlakatda "Islomiy davlat" ga qarshi havo hujumlari boshlaganidan beri 900 dan oshiq odam o'lgan.

Halok bo'lganlardan 50 dan ziyodi oddiy fuqarolar, besh nafari ayollar va sakkiz nafari bolalar, deya bildiradi Britaniyada asoslangan guruh.

Yo'q qilinganlarning 785 tasi "Islomiy davlat" jangarilaridir. 72 nafari esa al-Qoida hamkori bo'lmish Nusra fronti a'zolari.

Mahalliy faollar yordamida ma'lumot yig'adigan tashkilot nazarida aslida "Islomiy davlat" bundan ham ko'p zarar ko'rgan bo'lishi mumkin, biroq tizim o'zini kuchi qilib ko'rsatishga usta.

Amerika hukumati yuqoridagi xabar yuzasidan hali bayonot bermadi.

Ayni damda Anqarada safar qilayotgan vitse-prezident Jo Bayden deydiki, Turkiya "Islomiy davlat" qarshi qattiqroq kurashishi kerak.

Dushman chegarada va unga chet eldan qo'shilayotganlarning ko'pi Turkiya orqali o'tmoqda, deydi AQSh rasmiylari.

Anqara pozitsiyasi shuki, muammo aslida "Islomiy davlat" emas, Suriya rahbari Bashar al-Assadda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG