Breaking News

"Islomiy davlat" qanchalik zarba yemasin, yangi yerlarni bosib olmoqda


Oq bayroq ko'targan aholi Iroq qo'shinlari va "Islomiy davlat" orasida qonli janglar ketayotgan hududni tark etmoqda, Samarra, 3-mart 2016
Oq bayroq ko'targan aholi Iroq qo'shinlari va "Islomiy davlat" orasida qonli janglar ketayotgan hududni tark etmoqda, Samarra, 3-mart 2016

“Islomiy davlat” jangarilari ularga qarshi chiqqan odamlarni bir necha marta ommaviy ravishda qatl etgan. Guruhga nisbatan norozilik kuchli.

Iroqda jihodchilar so’nggi oylarda Mosulda qatl etilgan 1000 dan ziyod odam ro’yxatini e’lon qildi.

Shariat sudi binosi devorlarida osilgan ro’yxatlarni dom-daraksiz yo’qolgan qarindoshlarini qidirayotgan yuzlab odamlarni ko’rish mumkin. Qurbonlarning aksariyati josuslikda yoki Peshmerga kurd qo’shinlariga yordam berganlikda ayblanib, jazoga mahkum etilgan.

“Islomiy davlat” guruhi belgiyalik jihodchini 26-fevral kuni Suriya sharqida jangarilar safini tark etishga uringanligi uchun vatanga xiyonatda ayblab, qatl etgan. Qozi omma oldida hukmni o’qib, ayblanuvchining aybi xalifalik dushmanlariga qarshi kurashdan bosh tortgani, deya ta’kidlagan. Belgiyalikning kallasi kesilgan.

1-mart kuni “Islomiy davlat” bir tunislik va ikki jazoirlik jangarini pora olganlikda ayblab, shariatga binoan sud qilgan va so’ngra otib tashlagan. Uchchovlon yaqingacha al-Mayadin shahrida politsiyada xizmat qilgan.

Undan bir necha kun oldin ikki qiz yuzlab odam oldida toshbo’ron qilingan. 16-17 yoshlilar zinoda ablangan. Ular bilan aloqa qilganlikda gumon qilingan erkaklar kaltaklangan va keyin qo’yib yuborilgan.

“Islomiy davlat” guruhiga qarshilik

“Islomiy davlat” mahalliy aholini qattiq nazorat qiladi, bo’ysunmaganlar jazolanadi. Ammo Suriya sharqidagi so’nggi ommaviy qatllar jihodchilarga qarshilikni oshirmoqda. Dir ez-Zor shahrida bir guruh qurollangan erkaklar “Islomiy davlat” guruhining yetakchi jangarisini otib tashlagan. Soliq yig’uvchi Abu Solih al-Jazraviy jasadi ko’chada tashlab ketilgan.

Bunga javoban “Islomiy davlat” o’nlab odamni hibsga olib, aholiga kechqurun ko’chaga chiqishni man qilgan. Bu voqeadan ikki hafta oldin guruhning mahalliy lideri va uning to’rt qo’riqchisi otib ketilgan edi.

“Islomiy davlat”ga qarshi chiqayotgan guruhlar bir-biridan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi, deydi “Amerika Ovozi”ga o’zini G’oit deb tanishtirgan suriyalik faol. Ularning ayrimlari al-Shitoat qabilasidan bo’lishi mumkin. “Islomiy davlat” bundan ikki yil oldin ushbu qabilaning 700 dan ziyod a’zosini o’ldirgan edi.

AQSh zarbalari

Mahalliy kuzatuvchilarning aytishicha, “Islomiy davlat” AQSh yetakchiligidagi havo hujumlaridan jiddiy xavotirda.

29-fevral kuni AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter 200 kishilik Ekspeditsiya otryadi Iroqda faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi.

Amerika rasmiylari deydiki, so’nggi haftalarda Iroq va Suriyada katta hududlarni boy bergan jangarilarning ahvoli og’ir.

Islomiy davlat” jangari guruhini mag’lub qilib bo’lmaydi, degan taassurot jihodchilarga qo’shilmoqchi bo’lib yurgan yoshlarni g’alaba yaqin, qabilidagi targ’ibotga ishontirayotgan edi. Ammo guruh jiddiy zarba yeb, neftdan olayotgan daromad manbalarini yo’qotdi, g’aznalarga bomba tushib, yo’q qilindi.

“Xalifalik” jar yoqasiga yaqinlashayotganiga shubha yo’q, deydi Karter.

Shunga qaramay “Islomiy davlat” guruhi bir necha frontda janglarni davom ettirmoqda.

Jangarilarning yutuqlari

So’nggi haftalarda “Islomiy davlat” Suriya g’arbida yangi hududni egalladi, Raqqa shimolidagi Tal-Abyadga kutilmaganda hujum uyushtirdi. Halab atrofida Assad rejimi qo’shinlariga qarshi janglar olib bordi. Ayni vaqtda al-Taym neft koni yaqinidagi Dir ez-Zor shahrida Rossiya tayanchiga ega hukumat qo’shinlariga qarshilik ko'rsatdi.

Jangarilar Hamo viloyatida bir necha qishloqni egalladi va front chizig’ini ismoiliylar poytaxti Salomiya shahriga yaqinlashtirdi. “Islomiy davlat” ismoiliylarni murtad deb biladi. Bu diniy ozchilikda xavotir va qo'rqinch hukmron. Ular 2014-yilda yazidiylar katta sonda qatl etilgani va qulga aylantirilgani haqida yaxshi biladi. Ismoiliylar yetakchisi Haydar al-Solih xalqaro hamjamiyatdan yordam so'ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG