Kerri: Suriya masalasida muzokaradan o'zga chora yo'q

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri

AQSh davlat kotibi Jon Kerri

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Suriya mojarosini muzokara orqali hal etish oson emas, ammo bundan boshqa chora yo’q.

Kelasi oy Jenevada Suriya bo’yicha tinchlik anjumani o’tkaziladi. Fransiya tadbir natija berishiga ishonmaydi. Ammo Kerri nazarida ikki yarim yildan beri davom o’tayotgan qon to’kilishlariga chek qo’yish uchun bundan o’zga imkoniyat yo’q.

"Vayrona va janglar davom etmoqda, qochqinlar ko’paymoqda, mamlakat parchalanish yoqasida turibdi, radikal ekstremistlar soni oshmoqda. Bu xavfli jarayon. Jeneva anjumanidan umidimiz katta", - deydi Kerri.

AQSh davlat kotibi Suriyaning islomiy davlatga aylanishini istayotgan olti yirik isyonchi guruhdan biri, Islomiy jabha a’zolari bilan Amerika rasmiylari o’rtasida uchrashuv bo’lgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

22-yanvarga belgilangan tinchlik anjumanida ekstremistlar emas, Suriya xalqi vakillari ishtirok etishi kerak, dedi Kerri.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG