Lavrov: Suriya muxolifati hukumat bilan shartsiz muloqotga tayyor

  • Amerika Ovozi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (o'rtada) Arab Ligasi Bosh kotibi Nabil Al-Arabiy (o'ngdan ikkinchi) hamda Livan, Misr va Iroq tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashmoqda, Moskva, 20-fevral, 2013-yil

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (o'rtada) Arab Ligasi Bosh kotibi Nabil Al-Arabiy (o'ngdan ikkinchi) hamda Livan, Misr va Iroq tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashmoqda, Moskva, 20-fevral, 2013-yil

Rossiya salkam ikki yildan beri davom etayotgan Suriya mojarosiga chek qo’yishga chaqirmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada Arab Ligasi vakillari bilan uchrashuv chog’ida Suriya hukumati va isyonchilar harbiy yo’l bilan maqsadiga erisha olmaydi, urush Suriyani barbod qiladi, degan.

Uning aytishicha, Moskva har ikki tomon vakillarini muzokara uchun qabul qilishga tayyor. Buning uchun, deydi Lavrov, hech kim uchrashuvdan oldin shart qo’ymasligi lozim. Arab Ligasi jarayonda yetakchi rol o’ynashi kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Yaqingacha Suriya muxolifati prezident Bashar al-Assad hokimiyatdan ketsagina hukumat bilan muloqot qilamiz, deb kelayotgan edi.

Lavrov shu hafta Bryusselda Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashib qaytgach, Suriya muxolifati ichidagi eng konservativ arboblar ham muloqot ahamiyatini tushunib, bu shartlaridan voz kechayotganini ma’lum qildi.

Assadning prezidentlik muddati 2014-yilda nihoyasiga yetar ekan, u saylovlarda yana qatnashmoqchi. Mag’lub bo’lsam ham, Suriyadan ketmayman, dedi mamlakat rahbari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG