Suriya hukumati "arab bahori"ga qarshi har narsaga tayyor

  • Amerika Ovozi

Himsning Baba Amr tumanidagi manzara, 6-fevral 2012

Himsning Baba Amr tumanidagi manzara, 6-fevral 2012

Xalqaro hamjamiyat diqqati Suriyada. Amerika, Yevropa Ittifoqi va hatto ko’plab arab davlatlari nazarida Bashar al-Assad – o’z xalqining qotili. Ayni damda qurolli kuchlar Hims singari yirik shaharlarda aholini yoppasiga nishonga olmoqda. Yuzlab insonlar, xususan yoshlar va bolalar halok bo'lgani, ko'chalar qonga belanib, har yoqda jasadlar yotgani haqida xabarlar tinmayapti.

O'tgan hafta BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya kelajagi bilan bog’liq rezolyutsiya loyihasi ovozga qo’yilganida, Rossiya va Xitoy qarshi chiqdi.

Bashar al-Assad va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Bashar al-Assad, Damashq, 7-fevral 2012

Bashar al-Assad va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Bashar al-Assad, Damashq, 7-fevral 2012

Loyiha Assadning hokimiyatdan ketib, muvaqqat hukumat tuzilishi va yangi rahbar saylash uchun tayyorgarlik boshlashni ko’zda tutgan edi.

Rossiya Suriyaning azaliy hamkori ekan, Bashar al-Assadning yonini olmoqda, deydi Amerika diplomatlari. Vashington ta’biricha, Rossiya vaziyatni o’nglash uchun qilayotgan harakatlar ish bermaydi.

Obama ma’muriyatining pozitsiyasi shuki, Suriyada tuzum butkul o’zgarishi lozim. Tahlilchilar fikricha esa Suriya “arab bahori” dan ko’p narsa o’rgandi.

Barak Obama

Barak Obama

Assad Misr va Liviyadagi singari holatning oldini olish uchun jon-jahdi bilan kurashmoqda.

Damashq ko’chalarida namoyishchilar hukumatning suyangan tog’lari - Eron, Rossiya, Xitoy bayroq’larini yoqmoqda, ularga lan’atlar aytmoqda.

Qo’zg’olon boshlanganiga deyarli bir bo’ldi. Ko’p qon to’kildi va to’kilishda davom etmoqda.

Arab olimi Pol Salim izohicha:

“Suriyada tuzum qo’zg’olonga o’rganib qoldi, ya’ni unga javob berishning turli yo’llarini sinab ko’rdi. Liviyadagi voqealardan saboq oldi. Qo’zg’olonga qonli javob berayapti, ammo birvarakayiga emas, jimgina. Namoyishchilarning jazosini berayapti, lekin bu borada jar solayotgani yo’q. Misrda rahbarlar muxolifat bilan murosa qilib ham hokimiyatni boy berdi. Shu bois Suriya bu yo’ldan bormoqchi emas”.

Turkiyada suriyalik muxolifatchilar namoyishi

Turkiyada suriyalik muxolifatchilar namoyishi

Suriya 1970 va 80-yillarda Livanning kulini ko’kka sovurgan fuqaro urushidan ham o’ziga xos xulosa chiqargan. Suriyada diniy nifoq kuch bilan bostiriib kelinadi. Sunniylar, shialar, alaviylar, qolaversa nasroniy va duruzlar yurti bu. Mahalliychilik chuqur ildizga ega.

Suriya muxolifati Bayrutda panoh topgan. Shaharda qayoqqa qaramang, mojaro asoratlarini ko’rasiz. Suriya urushni dahshat bilan kuzatgan, deydi tahlilchi Pol Salim.

O'tgan bir necha kun ichida Suriyada hukumat kuchlari 300 ga yaqin odamni o'ldirgan

O'tgan bir necha kun ichida Suriyada hukumat kuchlari 300 ga yaqin odamni o'ldirgan

“Hukumat Suriyada bunday urushlarning oldini olish uchun har qanday choraga tayyor. Xalqni qanday qo’rqitishni biladi. “Biz ketsak, fuqaro urushi bo’ladi” deb keladi”.

Suriyaning sharqiy qo’shnisi Eron bu borada Bashar al-Assadga har tomonlarga malham. Islomiy respublika arab dunyosini Suriya hukumatini quvvatlamay G’arbga sotilganlikda ayblaydi.

Prezident Mahmud Ahmadinajod deydiki:

“Aql bovar qilmaydigan haqiqat shuki, mintaqamizda ba’zilar, saylov va erkinlik nima ekanini bilmasa ham, birgalashib Suriyani erkinlik va demokratiyaga chaqirmoqda. Vaholanki, bunday narsalar o’zi ularning madaniyatiga xos emas”.

Idlib viloyatidagi manzara

Idlib viloyatidagi manzara

Mahmud Ahmadinajod Arab Ligasiga ishora qilmoqda. Tashkilot Suriya borasida G’arb bilan hamfikr.

Vaziyat bilan yaqindan tanish siyosatdonlar hammani ehtiyot bo’lishga undamoqda. Pol Salim ulardan biri.

“Agar holat yanada keskinlashib, keng ko’lamli zo’ravonliklar kuzatilsa, G’arb ommaviy axborot vositalari butun diqqatni shunga qaratsa, chet el davlatlari keskin chora ko’rishga majbur bo’ladi. Aks holda, jamoatchilik ularni loqaydlik va irodasizlikda ayblashi tabiiy. Liviya va Kosovoda shunga guvoh bo’lganmiz”,- deydi olim.

Amerika va uning hamkorlari Bashar al-Assad xalq talabiga bosh egadi degan umidda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG