Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi


Suriyaning Banias shahrida namoyish, 6 may 2011

Suriyaning Banias shahrida namoyish, 6 may 2011

Suriya hukumati prezident Bashar al-Assadga qo’zg’olon markazlari - Banias va Baida shaharlariga qo’shin torta boshladi.

“Elektr va kommunikatsiya o’chirilgan, hukumat bu joylarni tashqi dunyodan uzib qo’yishga harakat qilmoqda”, - deydi faollar.

Xavfsizlik kuchlari Baniasda uch ayol namoyishchini otib o’ldirgan.

Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi

Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi

Kecha poytaxt Damashq va boshqa shaharlarda juma namozidan so’ng yirik chiqishlar bo’lib o’tdi. Guvohlar 31 kishi o’lganini aytadi. Davlat matbuoti esa qurollangan jinoiy guruhlar bilan kurash ketayotgani haqida xabar beradi.

Hukumatdan islohot talab qilayotgan fuqarolar ayovsiz o’qqa tutilayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.

Oq uyning bildirishicha, Qo’shma Shtatlar va unga ittifoqchi davlatlar prezident Bashar al-Assadga qarshi qo’shimcha choralar ko’radi. Yevropa Ittifoqi xunrezlikka aloqador 14 rasmiyga sanksiya qo’ymoqda.

Liviya armiyasi mamlakat sharqida port shahar – Misratada to’rt neft tankerini bombardimon qilgan. Shaharning yagona yonilg’i manbai shu edi.

Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi

Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi

Xalqaro hamjamiyat Muammar Qaddafiyga qarshi kurashayotgan guruhlarga millionlab dollar ko’mak va’da qilmoqda. Hukumat bu qarorni keskin tanqid qilgan.

Liviya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Xolid Qaim “suveren davlat mulkini tortib olish bosqinchilik va qaroqchilikdan boshqa narsa emas”, deydi.

Yaqinda Italiyada uchrashgan 22 davlat vakillari, jumladan Quvayt va Qatar, Liviya muxolifatiga yordam uzatishga kelishib oldi. AQSh ixtiyorida Liviya hukumatiga qarashli 30 milliard dollar pul bor.

Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkiloti, bu orada, Liviya armiyasini Misrata shahrida urush jinoyatlari sodir etganlikda ayblamoqda.

Tashkilot hisobotida tinch aholiga qarshi og’ir artilleriya, raketa, kassetali bomba va snayperlar qo’llangani, yuzlab odam halok bo’lgani aytiladi.

Fransiya kuni-kecha Liviyaning 14 diplomatini, Britaniya esa ikki diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi.

Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi

Suriyada ayol namoyishchilarga hujum, Yamanda al-Qoida a’zolari nishonga olindi

AQSh pilotsiz samolyotlari Yamanda al-Qoida a’zolarini nishonga olgan. Shulardan biri Anvar al-Avlakiy, “arab yarim orolida al-Qoida” nomli guruh rahbarlaridan biri.

Ommaviy axborot vositalari mazkur operatsiya haqida xabar tarqatdi, biroq harbiylarlar lom-mim demaydi.

Anvar al-Avlakiy - AQShda tug’ilib o’sgan imom, keyinchalik Yamanga ko’chgan.

Terrorizm va qator boshqa jinoyatlarda ayblangan bu shaxs o’sha yerdan turib G’arbga qarshi bayonotlar qilib turadi. Uni qidirib topib, qo’lga olishda Yaman hukumati AQShga ko’mak va’da qilgan.

Bir paytning o’zida, Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih uning iste’fosini talab qilayotgan namoyishlar bilan yuzlashmoqda. Kecha tarafdorlariga oldida so’zlagan Abdulla Solih muxolifatni fitnada ayblab, “osonlikcha ketmayman” deb ta’kidladi.

Arab davlatlari olg’a surayotgan rejaga binoan, Suriya rahbari bir oy ichida iste’fo berishi va saylovlarga yo’l ochishi kerak. Tashabbus hozircha natija bermayapti.

XS
SM
MD
LG