Breaking News

Suriya mulozimlari: Obama “tuturiqsiz” rahbar


Prezident Bashar al-Assad Eron qonunchilari bilan uchrashuvda
Prezident Bashar al-Assad Eron qonunchilari bilan uchrashuvda
Qo’shma Shtatlar xulosasiga ko’ra, Suriya hukumati o’z xalqini kimyoviy qurol bilan zaharlagan va Bashar al-Assad tuzumi buning uchun javob berishi kerak.
Suriya rasmiylari: Obama “tuturiqsiz” rahbar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00
Yuklab oling

Prezident Barak Obama harbiy chora ko’rish qarorida qat’iy, lekin Kongress oldidan o’tib qo’yishni lozim topdi. Yaqin Sharqda Obamaning bu qaroriga munosabat qanday?

Suriya davlat televideniyesida mamlakat qurolli kuchlarini olqishlayotgan namoyishlar tasvirlari… Suriya o’zini himoya qilishga qodir, unga hujum qilgan tomonning adabini berib qo’yadi, degan bayonotlar yangramoqda.

Televizion chiqishida Tashqi ishlar vaziri muovini Faysal Maqdad prezident Obamani tuturiqsiz va betayin rahbar deb tanqid qildi. Suriya bo’yicha bir qarorga kela olmayotgani va mana endi masalani Kongressga oshirgani buni ko’rsatib turibdi, deydi u.

Damashq universitetida xalqaro huquq bo’yicha professor Anis fikriga ko’ra, Suriya unga qarshi agressiya sodir etmoqchi bo’lgan davlatlardan ustun bo’lib chiqdi. Hatto BMT ekspertlariga o’z missiyasini bajarishga yo’l berishmadi, deb hisoblaydi u.

“Xalqaro inspektorlar Halab yaqinida muxolifat kimyoviy qurol ishlatganini tekshirish uchun taklif etilgan edi. Ammo Damashqdagi voqea bahonasida ularni missiyadan chalg’itishdi”, - deydi professor.

Suriya poytaxtida o’tgan matbuot anjumanida Eron parlamenti a’zosi Oloviddin Borojurdiy ham o’z davlati pozitsiyasini tushuntirdi. Aholiga qarshi zaharli qurollar qo’llanishini qoralaymiz deya turib, u isyonchilarni ayblay ketdi.

Eronlik qonunchiga ko’ra, AQSh Suriyada sunniy mazhabdagi terrorchilarni yoqlab, “olov bilan o’ynashmoqda”.

“AQSh va uning ittifoqchilari Yaqin Sharqda terrorizmga homiylik qilayapti, ular xalqaro jamoatchilikka bu borada tushuntirish berishi kerak”, - deydi Oloviddin Borojurdiy.

Qohirada Arab Ligasi tashqi ishlar vazirlari yig’ilib, Suriya fojiasini muhokama qildi. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud al-Faysal urushga yakun yasash fursati yetganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, Arab Ligasi va xalqaro hamjamiyat Suriya xalqiga yordam berish va xunrezlikka chek qo’yish uchun mas’ul.

AQSh ko’zlayotgan harbiy operatsiya, deya davom etadi Saudiya Arabistoni vaziri, tor va cheklangan maqsadlarni ko’zlaydi. Qo’shin kiritish haqida gap ketayotgani yo’q.

Misr hukumati Suriyaga qarshi kuch qo’llash taklifiga qarshi bo’lib, Jenevada rejalangan tinchlik anjumanini ortiq kechiktirmaslik kerak deb chiqmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Nabil Fahmiyga ko’ra, Suriyada insoniyatga qarshi jinoyat sodir etildimi, yo’qmi, buni xalqaro sudlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hal qilishi kerak.

Arab telekanallarining yoritishicha, Suriya prezidenti Bashar al-Assad Damashqda Eron parlamenti a’zolari muloqot qilgan. AQSh va boshqa G’arb davlatlarining do’q-po’pisasi bizni terrorizmga qarshi kurashdan qaytara olmaydi, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG