Breaking News

Prezident Obama Assadni ketishga chaqirdi


O’tgan haftadan beri 35 kishi o’lgan Latakiya shahrida kecha xavfsizlik kuchlari yuzlab fuqaroni qamoqqa olgani xabar qilinmoqda. Qo’lida ro’yxati bor askarlar uyma-uy yurib, odamlarni ushlagan, deyiladi
O’tgan haftadan beri 35 kishi o’lgan Latakiya shahrida kecha xavfsizlik kuchlari yuzlab fuqaroni qamoqqa olgani xabar qilinmoqda. Qo’lida ro’yxati bor askarlar uyma-uy yurib, odamlarni ushlagan, deyiladi

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya rahbari Bashar al-Assadni iste’foga chaqirmoqda. Suriya xalqiga qarshi shafqatsiz hujumlarni qoralar ekan, Obama Assad ketadigan payt keldi, deydi.

Shu paytgacha Amerika rasmiylari Bashar al-Assadni rahbar bo’lishga loyiq emas, deya tanqid qilish bilan kifoyalanib kelayotgan edi.

Prezident Barak Obama nihoyat bugun yozma bayonot bergan. Unda kuchli sanksiyalar haqida ham so’z boradi. Britaniya, Fransiya, Germaniya va umuman Yevropa Ittifoqi Assadni ketishga undamoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham Bashar al-Assadga armiya xatti-harakatidan shikoyat qilib, aholi hujumga uchrayotganidan xavotirda ekanini aytgan. Janob Mun bilan telefon orqali gaplashgan prezident Assad esa reydlar bas qilindi, degan.

Prezident Obama Assadni ketishga chaqirdi
Prezident Obama Assadni ketishga chaqirdi

Pan Gi Mun zo’ravonliklarni mustaqil ravishda tergov qilishga, Suriya rahbariyatini BMT inson huquqlari idorasi bilan hamkorlikka undagan.

Xavfsizlik Kengashida bugun, payshanba kuni inson huquqlari bo’yicha mas’ul Navi Pillay so’zlashi va Suriya masalasini Xalqaro Jinoiy Sudga oshirishni taklif qilishi kutilmoqda.

BMT Inson huquqlari kengashi a’zolaridan 24 nafarining talabi bilan kelasi dushanba ham Suriyaga doir maxsus sessiya rejalangan. Bunday talab bilan chiqqanlar qatorida Iordaniya, Quvayt, Qatar va Saudiya Arabistoni bor.

BMT rasmiylarining aytishicha, Bashar al-Assad yaqin bir necha oyda islohotlar amalga oshirishga, xususan, konstitutsiyani qayta ko’rib chiqish va parlament saylovlari o’tkazishga va’da bergan.

O’tgan haftadan beri 35 kishi o’lgan Latakiya shahrida kecha xavfsizlik kuchlari yuzlab fuqaroni qamoqqa olgani xabar qilinmoqda. Qo’lida ro’yxati bor askarlar uyma-uy yurib, odamlarni ushlagan, deyiladi Londonda asoslangan Suriya Inson Huquqlari idorasi bayonotida. Turmalar to’laligidan mahbuslar Latakiyadagi sport maydoniga jo’natilgan.

Latakiyaning al-Raml tumanida o’rtahol va yo’qsil oilalar qatori falastinlik qochqinlar ham yashaydi. BMTning bildirishicha, hukumatdan qo’rqqan 10 ming fuqaro uy-joyini tashlab ketgan, 2000 qochqin bedarak ketgan.

Prezident Obama Assadni ketishga chaqirdi
Prezident Obama Assadni ketishga chaqirdi

Faollar so’zlariga qaraganda, Hims shahrida kechki namozdan keyin to’qqiz kishi o’ldirib ketilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto’g’li Iordaniyadagi uchrashuv chog’ida Suriyadagi qirg’inni bas qilishga undagan.Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyip Erdog’an ahvolni Liviya bilan qiyoslar ekan, Assad ma’muriyati xalqaro hamjamiyat talablarini pisand qilmay, fuqaroni qirishda davom etmoqda, degan.

AQSh Davlat departamenti esa Suriya diplomatlari xatti-harakatiga cheklov qo’ygan. Ular Vashington tevaragiga chiqmoqchi bo’lsa, AQSh rasmiylaridan ruxsat olishi kerak bo’ladi. Sal avval Suriya hukumati ham Amerika diplomatlariga nisbatan ayni chora qo’llagan edi.

Bu orada Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlarini qisman Suriyadan olib chiqa boshlagan. Inson huquqlari himoyachilarining aytishicha, mart oyidan beri Suriyadagi to’polonda kamida 1800 fuqaro o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG