Xalqaro kuzatuvchilar Suriyaga yetib bordi

  • Amerika Ovozi

Suriya

Suriya

BMTning kuzatuvchilar missiyasi Suriyada hukumat va isyonchilar o'rtasidagi sulh ijrosini nazorat etish uchun bugun Damashqqa borgan. Guruh tarkibida olti harbiy mutaxassis bor. Unga marokashlik polkovnik Ahmad Ximmichi rahbar.

Bu o'rtada hukumat kuchlari Himsda muxolifat pozitsiyalarini o'qqa tutmoqda. Hamoda esa ikki odam o'lgan.

Kuzatuvchilar missiyasi keyinroq kelishi kutilayotgan kattaroq guruh uchun sharoit tayyorlab, hukumat va isyonchilar bilan aloqani o'rnatish vazifasini olgan. Avval 25 mutaxassis, ahvol barqarorlashib, BMT va rasmiy Damashq kelishib olsa, yana 250 kuzatuvchi Suriyaga yuborilishi mumkin.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bugun vaziyatni Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan muhokama qiladi.

AQSh senatori Jon Makkeyn isyonchilarni qurollantirish g'oyasini yana o'rtaga tashlagan. Respublikachi arbob yaqinda Turkiyada Bashar al-Assad rejimiga qarshi kurashayotgan kuchlarning harbiy qanoti, Ozod Suriya armiyasi rahbarlari bilan uchrashib, yordam va'da qilgan.

Biroq Obama ma'muriyati nazarida Qo'shma Shtatlar muxolifatga hozircha gumanitar yordam berish va BMT doirasida ish tutish bilan cheklanadi, xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG