Suriya kimyoviy qurollar haqida hisobot berdi

  • Amerika Ovozi

United Nations inspectors arrive in a van at the headquarters of the Organisation for the Prohibition of Chemical Weapons (OPCW), in The Hague, Aug. 31, 2013.

United Nations inspectors arrive in a van at the headquarters of the Organisation for the Prohibition of Chemical Weapons (OPCW), in The Hague, Aug. 31, 2013.

Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash bo’yicha tashkilot, xalqaro organ, Suriya hukumatidan uzun ro’yxat va hisobot olgan. Unda bu davlat qo’lida qanday vosita va materiallar borligi ko’rsatilgan.


O’tgan hafta AQSh-Rossiya hamkorligida erishilgan rejaga binoan, Bashar al-Assad va uning ma’muriyati qo’lidagi barcha kimyoviy qurollar bo’yicha bir hafta ichida hisobot berishi shart edi.

Hujjat hozir ko’rib chiqilmoqda. Rejaning yana bir qismi shundan iboratki, Suriya 2014-yilning o’rtasigacha kimyoviy qurollardan tozalanishi kerak.

Amerika shartlar bajarilmasa, harbiy chora ko’riladi deya eslatib turibdi.

Rossiya esa bu ahmoqlik bo’ladi degan pozitsiyada. Lekin, deya bildirmoqda Kreml, Assad hisobotda aldasa, jazosini oladi.

BMT 16-sentabr kuni bergan hisobotida Suriyada o’tgan oy kimyoviy qurollar qo’llangan va buni isbotlovchi dalil yetarli deb qayd etdi. Biroq tashkilot qurollarni qay tomon ishlatgani xususida biror xulosa qilmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG