Istanbulda Suriya muxolifati bosh vazirni saylamoqda

  • Amerika Ovozi

Istanbulda namoyishchilar Suriya prezidenti Bashar al-Assad hukumatiga qarshi shiorlar aytmoqda, 15-mart, 2013-yil, Turkiya.

Istanbulda namoyishchilar Suriya prezidenti Bashar al-Assad hukumatiga qarshi shiorlar aytmoqda, 15-mart, 2013-yil, Turkiya.

Suriya muxolifati bugun Turkiyada majlis qilmoqda. Isyonchilar rahbariyati nazoratga olingan hududlarni boshqarish uchun bosh vazirni tanlamoqda. Shu kungacha yagona rahbarni tanlashga qaratilgan harakatlar samara bermadi. Muxolifat hukumat tarkibini ham belgilashga umid qilmoqda.

Suriya milliy koalitsiyasi raisi Jorj Sabraning aytishicha, bu mojaro oqibatida uy-joyini tashlab chiqqan odamlarga yordam berish uchun zarur chora.

"Hukumat nazoratidan ozod bo’lgan hududlarda va qochqinlar lagerlari joylashgan rayonlarda boshqaruvni amalga oshirish uchun yangi hukumat tuzish lozim", - deydi Sabra.

Muxolifatning ayrim arboblari bosh vazirni tanlash o’rniga, ijroiya organini yaratishga yoki muvaqqat hukumat tuzib, unga amaldagi hukumatdan ham rasmiylarni kiritishga chaqirmoqda.

Shu kungacha yuzdan ortiq mamlakat Suriya birlashgan muxolifatini tan olgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG