9-mart kuni Suriya tinchlik muloqoti qayta boshlanadi

  • Amerika Ovozi

Xalabda fuqarolar buzilgan do'kon eshigini tuzatmoqda, Suriya, 28-fevral, 2016-yil.

Xalabda fuqarolar buzilgan do'kon eshigini tuzatmoqda, Suriya, 28-fevral, 2016-yil.

BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakiliga ko'ra, Suriyada erishilgan tinchlik sulhi amal qilyapti va besh yillik urushni butunlay tugatish yo'lida olib borilayotgan muzokaralar kelasi hafta davom etadi.

Staffan de Misturaning aytishicha, olti kundan beri Suriyada jiddiy zo'ravonlik holatlari kuzatilgani yo'q. Bu o'tgan besh yil ichida eng uzoq davom etgan nisbiy tinchlikdir.

"Ammo bir necha joylarda to'qnashuvlar davom etganini tan olishimiz kerak. Hama, Hims, Latakiya va Damashqda shu narsa kuzatildi. Ammo ularning kengayishiga yo'l qo'yilmadi", - dedi BMT rasmiysi.

De Misturaga ko'ra, 3-fevral kuni to'xtab qolgan tinchlik muzokaralari 9-mart kuni qayta boshlanadi. Hukumat va muxolifat vakillari yuzma-yuz o'tirib gaplashishdan bosh tortayotgani bois muloqot har bir tomon bilan alohida-alohida o'tkaziladi. Bu ishni osonlashtiradi, chunki har bir delegatsiya bir paytning o'zida bir joyda bo'lish shart emas, deydi de Mistura.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG