Suriyalik uchuvchi Iordaniyadan boshpana so'radi

  • Amerika Ovozi

Iordaniya axborot vazirligining ma’lum qilishicha, Suriyaga tegishli qiruvchi samolyot bu mamlakat harbiy aerodromida qo’nib, uchuvchisi siyosiy boshpana so’ragan.

Sal avval Suriya matbuoti janubda parvoz qilgan MIG-21 samolyoti va uni boshqargan polkovnik Hasan al-Xamad bilan aloqa uzilgani haqida xabar bergan edi.

Mamlakat urushga tortilgan sari Suriya qurolli kuchlarini tark etish hollari ham ko’plab qayd etilmoqda. Guvohlarning aytishicha, Xalqaro Qizil Xoch vakillari yaradorlarni evakuatsiya qilishga hozirlik ko’rayotgan bir mahalda, bugun armiya Hims va Inxil shaharlarini bombardimon qilib, 11 kishi halok bo’lgan.

Qizil Xoch Himsdan kasalmand va yaradorlarni olib chiqishni so’ragach, hukumat va isyonchilar vaqtinchalik sulhga kelishgan edi edi. Sunniy mahallarda yuzlab aholi uydan chiqmay jon saqlayotgani aytiladi.

Bashar al-Assad hukumatiga qarshi qo’zg’olon o’chog’i – Hims 15 oydan beri armiya qurshovida. Kechagi to’qnashuvlarda 53 kishining yostig’i qurigan. Britaniyada asoslangan Suriya inson huquqlari markazi rahbari Rami Abdulrahmonning ogohlantirishicha, mamlakat Somali va Afg’onistondagi kabi uzoq yillik mojaroga yuz tutishi hech gapmas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG