Breaking News

Suriyada isyonchilar strategik ahamiyatga ega shaharni boy berdi


Qusayr, 5-iyun 2013.
Qusayr, 5-iyun 2013.
5-iyun kuni Suriya hukumatiga qarashli qo’shinlar Livanning Hizbulloh jangarilari yordamida Qusayr shahrini Prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan isyonchilardan tortib oldi.

Ikki hafta davom etgan kuchli janglar oqibatida shahar vayronaga aylandi.

“Biz hujumchilarni yer bilan yakson qilamiz. Ular yoki taslim bo’lishi kerak yoki o’lishga tayyor bo’lsin”, - deyiladi Suriya qo’mondonligi tarqatgan bayonotda.

Livan chegarasiga yaqin Qusayr strategik ahamiyatga ega shahardor. Uning hukumat qo’liga o’tishi hukumat va muxolifat o’rtasida rejalashtirilayotgan tinchlik muzokaralarini qiyinlashtiradi.

Suriya bo’yicha xalqaro vakil Laxdar Brahimiy Jenevada jurnalistlar bilan uchrashuvi chog’ida tinchlik konferensiyasi iyundan iyulga ko’chirilganini ma’lum qildi.

Assadga muxolif guruh vakillari deydiki, ikki hafta davom etgan janglar natijasida 500 isyonchi halok bo’lgan, 1000 dan oshiq kishi yaralangan.

So’nggi haftalarda Rossiya va Eron ko’magi bilan Assad hukumati janglarni jadallashtirishga muvaffaq bo’ldi. So’nggi bir yil davomida isyonchilar nazoratida bo’lgan Halab shahri navbatdagi nishon ekani aytilmoqda.

2011-yilning martida Assadga qarshi qo'zg'olon boshlanganidan beri Suriyada 80 ming odam nobud bo’ldi. Qochqinlar soni 1,6 millionga yetdi.

Mojaroni siyosiy yo’l bilan hal qilishga urinayotgan G’arb davlatlari chorshanba kungi o’zgarish katta ahamiyatga egaligi va muammo yechimini topish yanada qiyinlashganini e’tirof etdi.

Qizil yarimoy xalqaro qo’mitasi Qusayrga gumanitar yordam yetkazish ilinjida. Suriya rasmiylari tashkilotga shaharda harbiy operatsiya tugaganidan keyingina ish boshlash mumkin ded aytgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG