Qusayr uchun qonli janglar davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

"Ozod Suriya" kuchlari

"Ozod Suriya" kuchlari

Suriyada hukumatga qarshi kurashayotgan qurolli kuchlarning bayon qilishicha, Qusayr shahri uchun kechgan bir haftalik qonli jang ketidan Bashar al-Assad armiyasi yanada ko’proq og’ir qurollarni qo’llashga o’tgan.

Livandan keladigan yordam yo’lini saqlab qolish muhim ekan, deydi jangarilar, Qusayrni boy bera olmaymiz.

Bu orada Rossiya hukumati Suriya muxolifat bilan muzokara qiladi va murosa yo’llarini izlashga tushadi, deya ishonch bildirmoqda.

Urushni tugatib, muvaqqat hukumat tuzish xususida kechadigan xalqaro anjumanda Assadning odamlari qatnashadi, deydi Kreml rasmiylari.

Yig’in Jenevada Rossiya va Amerika tashabbusida o’tishi rejalangan.

Dushanba kuni Parijda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi.

Kerri bugun Afrika Ittifoqi sammitida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan Suriya haqida gaplashib olgan. Vashington BMT bu borada faolroq harakat qiladi degan umidda.

Ikki yildan oshibdiki, Suriya - urush maydoni. 80 mindan ziyod odamning yostig’i quridi. Qo’zg’olonni terrorizm deb hisoblaydigan Bashar al-Assad hokimiyatdan ketmoqchi emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG