Suriya armiyasi Daish poytaxtiga yaqinlashmoqda

  • Amerika Ovozi

Suriya armiyasi "Islomiy davlat" jangari to'dasi e'lon qilgan xalifalik poytaxti Raqqa tomon yurishda davom etmoqda. Armiyaga Rossiya harbiy-havo kuchlari yordam bermoqda.

Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, Raqqani janubi-g'arbda Hamo viloyati bilan bog'lovchi katta yo'lda janglar kechgan. Suriya askarlari Assad ko'li va Raqqani Halabga ulovchi yo'lga chiqishga intilmoqda.

Daish Raqqani 2013-yilda Prezident Bashar Assadga qarshi bosh ko'targan isyonchilardan tortib olgan edi.

Suriya davlat matbuotining xabar qilishicha, jangarilar katta talafotlar ko'rmoqda, qancha askar halok bo'lgani ma'lum emas.

Mustaqil manbalarga ko'ra, uch kunlik janglar davomida jihodchilar 26 odamini yo'qotgan, harbiylar esa to'qqiz kishini.

Raqqaga hujum 1-iyun kuni boshlangan. O'sha kuni AQSh yetakchiligidagi kurd, Suriya demokratik kuchlari qo'shinlari Raqqadan 115 kilometr naridagi Manbij shahriga hujum qilib, atrofdagi 34 qishloqni jangarilardan ozod qilgan. Manbij ham "Islomiy davlat" qo'lida.

Halab uchun janglarda esa rus matbuoti 40 jangari o'lganini xabar qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG