AQSh Suriyadagi muxolif kuchlarga noharbiy yordam ko'rsatmoqchi

  • Amerika Ovozi

Oq Uy Suriyada prezident Bashar al-Assad va uning hukumatiga qarshi kurashayotgan jangari kuchlarga no-harbiy yordam berish niyatida va bu boradagi imkoniyatlar ko’rib chiqilmoqda.

Bugun prezident Obama Seulda Turkiya Bosh vaziri Rajap Tayyip Erdo’gan bilan bu haqda gaplashgan. Qurol berilmaydi, deya qayd etadi rasmiylar, maqsad tibbiy ko’mak ko’rsatish va aloqa vositalari bilan ta’minlash.

1-aprel kuni Turkiyada “Suriyaning do’stlari” degan xalqaro guruh uchrashadi. Unda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton qatnashadi va bu masala muhokamaga qo’yiladi.

Kofi Annan, Suriya bo’yicha BMT maxsus vakili, ayni damda Moskvada Rossiya hukumati bilan muloqot qilmoqda. Kreml Kofi Annanning takliflarini quvvatlamoqda.

Maxsus vakil Suriyadagi vaziyatga tashqaridan hech kim aralashmasligi kerak deydi. Uningcha, tomonlarni bir davraga olib kelib, murosaga ko’ndirish kerak. Shuningdek, mojaro nuqtalariga insonparvarlik yordami yetib borishi uchun sharoit yaratilishi lozim.

Bir yil oldin boshlangan qo’zg’olon hali ham tinmagan. Shu kungacha 8000 dan ochiq odam o’ldi, deya bildiradi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, aksariyati armiya o’qidan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG