Suriyadan 250 mingdan ziyod odam qochgan

  • Amerika Ovozi

BMT maxsus elchisi va Gollivud yulduzi Anjelina Joli Iordaniyada suriyalik qochqinlar uchun qurilgan Al Zaatri lagerida bo'ldi, 11-sentabr, 2012-yil.

BMT maxsus elchisi va Gollivud yulduzi Anjelina Joli Iordaniyada suriyalik qochqinlar uchun qurilgan Al Zaatri lagerida bo'ldi, 11-sentabr, 2012-yil.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobiga ko’ra, Suriyadagi zo’ravonliklardan qochgan odamlar soni 250 mingdan oshgan. Iordaniyada 85 ming, Turkiyada salkam 80 ming, Livanda 67 ming va Iroqda 22 yarim ming suriyalik ro’yxatga olingan.

BMTning Qochinlar bo’yicha agentligi vakili Sibella Vilkesning aytishicha, har kuni minglab odam Suriyani tark etmoqda.

Qo’shni davlatlar chegarani yopmasligi, xalqaro hamjamiyat qochqinlarga yordam berishi lozim, deydi Vilkes.

Ayni damda, deydi u, Iordaniyada 27 ming qochqin turgan lagerning ahvoli yaxshi emas. Sovuq kunlar yaqinlashmoqda, deya ogohlantiradi BMT rasmiysi.

Agentlikning maxsus elchisi, Gollivud yulduzi Anjelina Joli Zaatari qochqinlar lageriga borgan.

BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy esa Damashqqa borishdan oldin Qohirada Suriya muxolifati a’zolari bilan uchrashmoqda.

Bugun Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg ham Qohirada bo’lib, Misr prezidenti Muhammad Mursiy bilan Suriyadagi vaziyat xususida gaplashgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG