Suriyalik qochqinlar uch milliondan oshdi

  • Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitobiga ko’ra, Suriyadagi fuqarolar urushi uch million odamni qochqinga aylantirgan.

Insoniyat yuzlashayotgan eng yirik gumanitar halokatlardan biri bu, deyiladi BMT qochqinlar idorasi bayonotida.

Shulardan bir millioni oxirgi bir yilning o’zida uyini tashlab qochgan. Suriyadagi tobora qo’rqinchli, chidab bo’lmas darajada og’ir vaziyatdan bosh olib ketayapti bu insonlar.

BMT mutasaddilarining aytishicha, Suriyada inson huquqlarini oyog’osti qilish odatiy holga aylandi. Tinch fuqarolarga qarshi, bolalar, qariyalar, ayollar va erkaklarga qarshi ayovsiz jinoyatlar sodir etilmoqda.

Buning ortidagi shaxslar javobgarlikka tortilishi, jinoyatlarga chek qo’yilishi shart, deydi BMT vakili Kyun va Kan.

Xalqaro tashkilotning bildirishicha, urush 6,5 million odamni sarson qildi, odamlar tug’ilib o’sgan joyidan ko’chib yurishga majbur bo’layapti.

2011-yilning martidan beri Suriya aholisining yarmi uyidan bosh olib ketgan. Aksariyat qochqinlar Livan, Turkiya va Iordaniyada yashayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG