Suriyalik qochqinlar yordamga muhtoj

  • Amerika Ovozi

Suriyalik qochqinlar lageri, Mafraq shahri yaqini, Irodaniya, 7-dekabr, 2014-yil

Suriyalik qochqinlar lageri, Mafraq shahri yaqini, Irodaniya, 7-dekabr, 2014-yil

Gumanitar yordam va inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi 30 tashkilot xalqaro hamjamiyatdan Suriyadagi qonli mojarolardan qochgan 180 ming odamga yordam berishni so'ramoqda.

Bugun Jenevada BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissariati homiyligida o'tgan anjumanda 3,2 million suriyalik qochqin taqdiri muhokama qilindi. Xalqaro tashkilotlar nazarida mamlakatlar qochqinlardan besh foizini qabul qilishi kerak, shunda ularning asosiy qismiga boshpana bergan qo'shni davlatlarga oson bo'ladi.

Xalqaro Amnistiya, Oksfam, Islomiy yordam, "Bolalarni qutqaring" kabi tashkilotlar Fors ko'rfazi va Lotin Amerikasi davlatlaridan bu ishda faolroq bo'lishni va birinchi navbatda bolalar, ayollar va hayoti xavf ostida bo'lgan qochqinlarni qabul qilishni so'ramoqda.

Qochqinlar agentligiga ko'ra, ayni damda Turkiya va Livanda - har birida 1,1 million suriyalik jon saqlamoqda. Iordaniyada 620 ming, Iroqda 280 ming, Misrda 140 ming qochqin bor.

Agentlik a'zo davlatlardan 2015-yildagi faoliyati uchun 16,4 milliard dollar so'ramoqda. Shuning yarmi suriyalik qochqinlar ehtiyojlari uchun sarflanadi. BMTning insonparvarlik yordami bo'yicha boshqarmasi rahbari Valeri Amosning aytishicha, ayni damda dunyo bo'ylab 60 million qochqin yordamga muhtoj.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG