Rossiya xorijiy kuchlarning Suriyaga kiritilishiga qarshi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, buning uchun BMT Xavfsizlik Kengashi ruxsatini olish kerak. Kengash ayni damda Suriyada zo'ravonliklarni to'xtatish yo'llarini muhokama qilmoqda.

Arab Ligasining ayrim a'zolari Suriyaga arab davlatlaridan qo'shin safarbar etishni taklif etgan. Rossiya kengashga rezolyutsiya loyihasining o'z variantini taqdim etib, zo'ravonliklar uchun hukumat bilan birga muxolifatni ham mas'ul tutishni taklif etmoqda.

Fransiya, AQSh va Britaniya Bashar al-Assad hukumatiga qarshi qattiqroq jazo choralari tarafdori, ammo Rossiya va Xitoy ularga qarshi.

Suriya hukumati ham mamlakatga arab qo'shinlarini safarbar etish taklifini rad etib, vaziyatni yanada keskinlashtirishini aytmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama namoyishchilarga qarshi zulmni qoralab, Assadni hokimiyatdan tushirishga harakat qilishini bildirdi.

Obama Oq uyda Iordaniya qiroli Abdulla bilan Suriyadagi ahvolni muhokama qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG